Долзарб мавзу

XADICHA ONAMIZNING ISLOM OLAMIDA TUTGAN O‘RNI

 Xadicha roziyallohu anho islom olamida muqaddas sanalgan yer Makkai Mukarramada tug‘ilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari bo‘lib, o‘sha hududda vafot etdi.Xadicha binti Xuvaylid ibn Abduluzzo ibn Qusay Qurashiya Asadiya “Fil voqeasi”dan o‘n besh yil oldin Makkada arablarning asl qavmi bo‘lmish Qurayshning eng e'tiborli oilasida tavallud topgan. Uning ota tarafidan nasl nasabi Qusayda Payg‘ambarimiz nasabi bilan birlashadi. Ona tarafidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan katta bobolari Luayda birlashadi.

 

Soxta salafiylikga raddiya

Malumki, "Ahli Sunna val-Jamoa "etiqodiga ko‘ra, arkonlari beshta :Imon, Nomoz, Ro‘za, Zakot, Xaj. Soxta salafiylik esa, "Jihod-oltinchi arkon va jihod qilish har bir musulmon uchun farz ayndir", degan g‘oyani ilgari suradi. Jihodning avvola va asosan qurolli kurash sifatida talqin qilinishi ekstremizm va terrorizmning yangicha shakl va mazmun kasb etishga olib keldi.

 

Missionerlikning salbiy oqibatlari.

Missionerlik nima, uning asl mohiyati nimalardan iborat bo‘ladi?

Avvalo missionerlik tushunchasining lug‘aviy ma'nosini, istilohiy ma'nosini anglab yetmog‘imiz muhim. Missionerlik lotin tilidan olingan bo‘lib, “missio”- so‘zidan “yuborish”, “vazifa topshirish” ma'nolarini anglatadi. Missioner esa vazifa bajaruvchidir. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlllikka ko‘plab ta'riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar airoflicha tavsiflangan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan “World Book” (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missionerlik biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”- degan fikr qayd etilgan.

 

Asl boylik nima?

Faqir kishi Janobi Haqqa noliy boshlabdi: «Ey Yaratgan egam, nega meni boshqa bandalaringdan kam ko‘rding, rizqimni kam qilib yaratding?!» Uning bu gaplarini bir yo‘lovchi eshitib qolibdi va so‘rabdi: «Birodar, tinchlikmi? Nimadan norizosan?!» Shunda xaligi kishi: «Alloh menga ko‘p rizq ato etmadi, tinmay mehnat qilaman, biroq faqirlikdan chiqib keta olmayapman!»

 

Ixtlofning xaromligi

Allox taolo «Anfol» surasida mo‘min musulmonlarga xitob qilib: “Alloxga va Uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta Allox sabr qiluvchilar bilandir”, degan (46-oyat).

Musulmonlar Allox taologa va Uning Rasuli Muxammad sallalloxu alayxi vasallamga qanchalik itoatda bo‘lsalar, muvaffaqiyatlari xam shunchalik ko‘p bo‘laviradi. Jumladan, musulmonlar o‘zaro nizo va ixtilof qilmaslikda xam Allox taologa va Uning Rasuliga itoatda bo‘lishlari xam ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omillaridandir.

 

TUSHKUNLIKNI TARK QIL!

Tobe'inlar sayyidi Ato ibn Abi Raboh rahimahulloh qop-qora, g‘ilay, cho‘loq, burni Misr loviyasi kabi puchuq kishi edi. Keyinchalik ko‘zi ko‘r bo‘lib qoldi. U haqida Ibrohim Harbiy shunday deydi:
"Ato Makkalik bir ayolning quli edi. Uning burni Misr loviyasiga o‘xshar edi".
Shuncha nuqsoni bo‘la turib uni nima ishlar qildi deb o‘ylaysiz?!
U sinib qoldimi? Bu mashaqqatlardan qutilish uchun zor-zor yig‘ladimi?

 

Umr juda qisqa

Bir kuni Nuh alayhissalom yig‘layotgan bir ayolni ko‘rdilar va undan nima uchun yig‘layotgani haqida so‘radilar.
Ayol: - Yovaylato, yoshgina o‘g‘ilchamdan ayrilib qoldim, u hali juda ham murg‘akkina, norasida edi, shuning alamiga chidolmay yig‘layapman, deb javob berdi.
Nuh alayhissalom: - O‘g‘lingni yoshi nechada edi?- deb so‘radilar.
Ayol: - Endigina 300 (uch yuz) yoshga to‘lgan edi, - dedi.

 

Qaytar dunyo

Bismillahir rohmanir rohim.
O‘z otinoyilik faoliyatimdan kelib chiqib bir voqeani siz azizlarga aytib bermoqchiman.
Bir onaxon, "yoz bolam, men bir zamonlarda bo‘lgan hayotimni aytib beray" deb o‘zlari taklif etdilar.
~Cholim bilan sakkiz bolali bo‘lib tinchgina yashab o‘tdik.
Lekin bobong rahmatlini bitta xato aytib qo‘ygan gaplari,qaytar dunyo bo‘lib keldida, u bechorani bu dunyodan olib ketdi.
Boboyim biroz o‘jar, kolxozda suvchi, g‘o‘zalarni sug‘orish pallada uydan sahar ketib juda kech kelar edilar.
Agar bir achchiqlari chiqsa hech kim u kishini to‘xtata olmas edi.
Qo‘shni brigadda G‘ani degan oyog‘i oqsoq suvchi bola bor edi.

 

KALOM ILMINI O‘RGANISH HUKMI

«Ammo, bu ilmning hukmiga kelsak, farzi kifoyadir. Bunga Imomi A'zam roziyallohu anhu ishora qilganlar. Quyida u zotning gaplarini keltiramiz. Shuningdek, Imomul Haromayn, Haliymiy, Bayhaqiy, G‘azzoliy, Rofe'iy, Yofi'iy, Navaviy, Ibn Asokir, Tiybiy, Mahalliy va Haytamiy kabi ulamolar ham (bu ilmning farzi kifoya ekanini) ochiq-oydin bayon qilishgan. «Multaqot» va «Tatarxoniya» asarlarida ham shunday zikr qilingan.

 

Agar Allohga boshqa ehtiyojingiz bo‘lmasa

Mahmud G‘aznaviy Islomni yoyish uchun Hindistonga 18 marta safar qilgan. Shu safarlarning birida qo‘shin shiddatli qarshilikka duch keldi. Bu og‘ir holdan qutulish uchun sulton Allohga shunday niyoz etdi: «Ey robbim, sen yordam beruvchisan, bizlarga yordam ber. Agar ushbu jangda g‘olib chiqsam, qo‘lga kiritgan o‘ljamning hammasini faqirlarga tarqataman».

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing