ALLOH YARATILGAN NARSALARGA MUHTOJ EMAS!
يَأَيُّهَا النَّاسُ أَنتُمُ الْفُقَرَاءُ إِلَى اللَّهِ وَٱللَّهُ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ
أي غني بذاته وصفاته عن ظهور مصنوعاته،
«Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsizlar, Alloh esa G‘aniy (behojat), Hamid (hamdga loyiq)dir)»,
ya'ni: Alloh O‘z Zotida ham, O‘z sifatlarida ham barcha yaratgan maxluqlaridan, ularning paydo bo‘lishi va mavjudligiga muhtoj emas.
Mullo Aliyul qorining “Sharhul Fiqhil Akbar” 53-s.
Jinlar haqida
Abu Ja'farut-Tahoviy “Mushkilul-Osor”da qoriyn (shayton insonga briktilgani) haqida so‘z yuritib shunday degan:
Ibn Mas'ud raziyallohu anhu Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi:
“Sizlardan hech biringiz yo‘qki, u bilan birga bir jin (shayton) bo‘lmasin.”
Sahobalar so‘radilar:
“Siz bilan hammi, ey Allohning Rasuli?”
Rasululloh ﷺ dedilar:
“Ha, men bilan ham. Lekin Alloh menga yordam berdi va u Islomni qabul qildi. Shuning uchun u menga faqat yaxshilikni buyuradi.”
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning xabarni (hadisni) qabul qilish borasidagi qarashlari
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning bu boradagi so‘zlari juda ko‘p uchraydi. Hatto aytish mumkinki, bu masalada u zotdan rivoyat qilingan xabarlar ma'naviy tavoturga yetgan. Shuningdek, hanafiy mazhabining har bir avlodi ustozlaridan shu usulni o‘rganib kelgan, va bu tartib bizgacha uzluksiz yetkazilgan.
ILMGA JIDDU-JAHD
U tug‘ilganidan keyin ikki yil o‘tib, Alloh taolo unga shunday dedi:
“Ey Yahyo, kitobni (Tavrotni) quvvat bilan ol!” – ya'ni jiddu-jahd bilan.
“Va biz unga hukm (payg‘ambarlik) ato etdik” – ya'ni u uch yoshida payg‘ambarlikka sazovor bo‘ldi.
(Maryam 12-oyat)
Tafsiri Jalolayn
Imom Moturidiy merosi – ma'naviyat va ilm rivojidagi ulkan qadam
Yaqinda e'lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori (manba) yurtimizda buyuk mutafakkir va islom ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Moturidiy hazratlarining ilmiy va ma'naviy merosiga bo‘lgan yuksak e'tiborning yorqin ifodasidir.
Bu qaror nafaqat Imom Moturidiyning hayoti va ta'limotini yanada chuqur o‘rganishga, balki mamlakatimizda ilm-ma'rifatni yuksaltirish, islom qadriyatlarini asl holatda targ‘ib qilish va sof aqiydaviy yo‘nalishni keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy-ma'rifiy merosga bo‘lgan e'tiborning yorqin namunasi
Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligini nishonlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori yurtimizda ilmiy-ma'rifiy merosga, xususan, islomiy ilmlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarga bo‘lgan e'tiborning yorqin namunasidir. Bu qaror nafaqat Imom Moturidiy ibratli hayot yo‘li va moturidiylik ta'limotini keng yoyish, balki diniy bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma'rifatga asoslangan jamiyatni shakllantirishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘ ayyom kunlarida e'lon qilingan quvonchli qaror
Ilm insonning eng katta, kamaymas, unga sharaf keltiradigan boyligidir. Unga ega bo‘lgan odam nafaqat o‘z hayotini, balki butun insoniyat kelajagini ham ravshanlashtiradi. Haqiqiy olimlar ilm orqali jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shadilar, jamiyatga foyda keltiradi, odamlar hayotini yaxshilashga xizmat qiladi. Tarixdagi ulkan olimlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy kabi allomalarimiz dunyo tamadduniga mislsiz hissa qo‘shgan ana shunday ajdodlarimizdan. Ular bizga qoldirib ketgan ilmiy merosni qadrlashga, kelajak avlodlarga yetkazishga bo‘lgan e'tibor esa, kishini to‘lqinlantiradi.
Imom Moturidiyning buyuk merosi jahonga tanitiladi
Imom Moturidiy o‘zining ilmiy merosi bilan islom ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlardan biridir. U asos solgan moturidiylik ta'limoti aqidaviy yechimlari, bag‘rikenglik va mo‘tadillik qarashlari bilan musulmon dunyosining ma'naviy asoslaridan biriga aylangan. Shu ma'noda ulug‘ ayyom kunlarida e'lon qilingan Prezidentimizning "Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori Imom Moturidiyning ulkan merosini jahonga tanitishda katta ahamiyat kasb etadi.
Har bir yaxshi amalning savobi yuz karra ko‘p bo‘ladi
Alloh taolo insonlarga shunday ulug‘ oyni ato etganki, unda yaxshilik va savobli amallar ko‘paytiriladi, gunohlar kechiriladi, inson ma'naviy yuksalish va ruhiy poklanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ramazon – qalblar soflanadigan, yuraklar ezgulikka to‘lib-toshadigan, inson ma'rifat va taqvoga erishadigan muborak oydir. Bu oy har bir musulmon uchun Allohga yanada yaqinlashish va hayotida yangi bosqichni boshlash uchun buyuk imkoniyatdir.
Islom Dinida Muhabbat Tushunchasi
Muhabbat, Islom dinida muqaddas va axloqiy qadriyat hisoblanadi. Qur'on va Hadislar mazmunida muhabbatning qadr-qimmati va ahamiyati haqida ko‘p marta eslatib o‘tilgan. Quyida ularning bir qanchasini sanab o‘tamiz.
Bag‘rikenglik haftaligi
O‘zbekiston – bag‘rikeng mamlakat. Unda turli millat va elat vakillari asrlar davomida ahil-inoq yashab kelgan. Qiyin kunlarda bir-biriga yordam berib, quvonchli damlarda shodligiga sherik bo‘lgan. Bag‘rikenglik xalqimiz uchun shunchaki umuminsoniy xislat bo‘libgina qolmay, davlat darajasida e'tibor qaratiladigan qadriyat hamdir.
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazr qadriyati
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazr qadriyati va bebaho mulkidir. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.
Alloh taolo Qur'oni karimda insonlar o‘zaro tanishishlari ularni xalqlar va qabilalar qilib qo‘yganini bayon qilgan.