O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Umr juda qisqa

 
 

Bir kuni Nuh alayhissalom yig‘layotgan bir ayolni ko‘rdilar va undan nima uchun yig‘layotgani haqida so‘radilar.
Ayol: - Yovaylato, yoshgina o‘g‘ilchamdan ayrilib qoldim, u hali juda ham murg‘akkina, norasida edi, shuning alamiga chidolmay yig‘layapman, deb javob berdi.
Nuh alayhissalom: - O‘g‘lingni yoshi nechada edi?- deb so‘radilar.
Ayol: - Endigina 300 (uch yuz) yoshga to‘lgan edi, - dedi.

Shunda Nuh alayhissalom ayolning dardini yengillatish maqsadida: - Ey, ayol! Agar sen oltmish-etmish yil umr ko‘radigan ummatlar ichida yashaganingda nima qilar eding, sabr qil dedilar.
Ayol: - Oltmish-etmish yil yashaydigan ummat ham bo‘ladimi? - deb hayratlanib so‘radi.
Nuh alayhissalom: - Ha, dedilar.
Ayol: - Ularni ichida mana shu ozgina umri davomida ham gunoh ishlarni qiladiganlari bo‘ladimi? – deb savol berdi.
Nuh alayhissalom: - Ularning ko‘pchiligi gunoh ishlarni qiladilar, deb javob berdilar.
Ayol: - Ular ozgina umrlarida dunyoga xirs qo‘yadilarmi? – deb so‘radi.
Nuh alayhissalom: - Ularning yagona maqsadlari dunyo topish bo‘ladi, juda ham ozchiliklari oxiratni o‘ylaydilar, dedilar.
Ayol: - Arzimagan narsalar ustida talashib-tortishadilarmi? – deb so‘radi.
Nuh alayhissalom: - Ular arzimas dunyo matosi uchun hatto bir-birlarini o‘ldiradilar, dedilar.
Ayol: - Shu qisqagina umrlari davomida o‘zlariga chayla ham qurib oladilarmi? – deb so‘radi.
Nuh alayhissalom: - Chayla emas, balki o‘zlaridan keyin yuz yillab turadigan qasrlarni quradilar, - deb javob berdilar.
Shunda ayol: - Yovaylato, men o‘sha ummatni o‘rnida bo‘lib qolganimda, bir daraxtning soyasida o‘tirib, umrimni Allohga sajda qilib o‘tkazgan bo‘lar edim, dedi.

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 30/11/2021 06:10;   Ko‘rilganligi: 1640
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/umr-juda-qisqa
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 04:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing