Долзарб мавзу

Abu Mansur Moturidiyga tosh otmang!!!

Ahl as-sunna va-l-jamoada hanafiylik, shofiiylik, molikiylik va hanbaliylik kabi to‘rt mazhab mavjud. Ushbu mazhablarning aqidaviy qarashlari moturidiya va ash'ariya ta'limotlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, ular zamondosh olimlar tomonidan ayni bir davrda, lekin turli hududlarda asos solingan kalom maktablari zamirida yuzaga kelgan. Jumladan, bu haqida hanafiy mazhabining taniqli olimlaridan Abulxayr Isomuddin Ahmad ibn Mustofa Toshko‘prizoda (901-968/1495-1561) “Bilginki, kalom ilmida Ahl as-sunna va-l-jamoa olimlarining raisi (boshchisi) ikki kishi bo‘lib, ularning biri hanafiy va ikkinchisi shofiiydir. Hanafiy bu – Abu Mansur Moturidiy va shofiiy esa, bu – Abul-Hasan al-Ash'ariy”, – degan.

 

TELEFONIMIZ ODOBLARI

(“Siz tergan raqam xizmat doirasida...”) Islom – g‘oyat go‘zal din. Barcha zamon va hamma makonlarga mos. Go‘zalligi shundaki, dinimiz o‘z ta'limotlari bilan insoniyatning baxtli-saodatli yashashini ochiq-oydin ko‘rsatib bergan. Shu ko‘rsatmalarga rioya qilgan kishining qayg‘urishi u yoqda tursin, hatto bir lahza bo‘lsa-da, noqulay vaziyatga tushib qolmasligi kafolatlangan.

 

#Raddiya Tavassul masalasi.

Soxta salafiylarning tanoquzotlaridan:
"Ularning nazdida tavassul katta shirk va Allohdan boshqaga ibodat qilish hisoblanadi. Ular shu gaplari bilan tavassulga yangi taqsimlashni ixtiro qiladilar va bu ularning nazdida ikki qismdir.
1- Tiriklar va solih amallar bilan tavassul qilish joiz.
2- O‘liklar bilan tavassul qilish shirk."

 

ASL HAQIQAT

«Alloh taoloning nozil qilganiga xilof bo‘lgan jaholat, havoyi-nafs va bid'atlar odamlarning nubuvvat va salafi solihlar zamonidan uzoqlashgani sari urchib bormoqda. Bugun biz oldimizda o‘zlarini boshqalardan ayro tutuvchi va salafi solihlarga, Ash'ariy va Moturidiylardan iborat Ahli sunna val jamoa imomlariga xilof qiluvchi kishilar paydo bo‘ldi. Balki, ular ishni aksiga o‘girmoqdalar: o‘zlarini «Ahli sunna» ko‘rsatib, asl Ahli sunnani «bid'atchi» qilib ko‘rsatmoqda. Ularning da'volari salaflarga ergashish, ammo salaflar ulardan behojatdir. Salafi solihlar oralaridan «Mushabbiha» va «Mujassima» kabilarning chiqishidan pokdirlar. Ular Allohning eng yaxshi bandalaridir. Janobi koinot sollallohu alayhi vasallamning ularga «yaxshilar», degan guvohliklari berilgan.

 

SHER KABI BO‘LAYLIK

Bir badavlat savdogar yoshi bir joyga borganida ortida qolayotgan mol-davlatidan tashvishga tusha boshlabdi. Chunki uning birgina o‘g‘li bo‘lib, u ham erka va tantiq ekan. Buncha katta davlatni o‘g‘lining boshqarishiga ko‘zi yetmasdan bir do‘sti bilan maslahat qilibdi. Do‘sti unga bor davlatini o‘g‘liga ishonib topshirishini, o‘g‘li inshaalloh uddalashini aytibdi.
Savdogar butun molini bir karvonga ortib o‘g‘liga debdi:
- O‘g‘lim! Bugundan boshlab mening butun mol-davlatim seniki. Uni sen boshqarasan. Falon shaharga karvonni olib bor. Oldi-sotdi qil, foydalan!

 

ASH'ARIY VA MOTURIDIY

«Shuni bilib olmoq lozimki, Abul Hasan va Abu Mansur - Alloh ulardan rozi bo‘lsin va Islom nomidan yaxshilik-la mukofotlasin - o‘zlaridan kelib chiqib biror fikr aytmadilar va yangi mazhabni paydo qilmadilar.

 

UMRNI QADRIGA YETAYLIK.

BIR LAHZANING QADRI

Imomi A'zam r.a.ning shogirdlari, buyuk Faqih Abu Yusuf o‘lim to‘shagida ham shogirdlarini chaqirib, biron ilmiy masalani suhbat qilib turaylik, degan ekanlar.

Shunda shogirdlaridan biri: «Hazrat, hozir masala tortishadigan vaqtmasku, o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lsangiz» – desa, shunday javob bergan ekanlar: «Alloh menga bergan 1 lahza qolsa ham o‘sha bilan bir musulmonga xizmat qilib qolsam deyman. Shu lahzani qo‘ldan boy berib qo‘ymay…»

 

BOSH QOMUSIMIZ — FUQAROLAR UCHUN MUSTAHKAM HIMOYADIR

Har qanday davlat yoxud jamiyatning huquqiy poydevori bo‘lmog‘i lozim. Zero, bunday poydevor bo‘lmas ekan jamiyat, millat tanazzulga yuz tutadi.

Alloh taolo insonlarni yaratib, ularga Rushdi-hidoyat yulini ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yubordi. Ular orqali bandalarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun kitoblar nozil qildi. Odamlar payg‘ambarlarning yo‘liga ergashib, Alloh taologa itoat etib yashasalar, hech qachon adashmaydilar. Aks holda, inson o‘z holicha to‘g‘ri yo‘lini topa olmay oqibatda zalolatga mubtalo bo‘lar edi. Shuning uchun har bir banda dunyoda osayishta hayot kechirmog‘i va oxiratda baxtu-saodatga yetishmog‘i uchun avvalo yaratgan parvardigorini tanib, unga itoat etishi lozim. Shuningdek, bandalariga nozil qilgan xukmlarga amal qilish har bir bandaga shart. Bu hakda Qur'oni karim oyatlari ko‘p, jumladan, Alloh taolo marhamat kiladiki:

 

Islom va konstitusiya

Asosiy Qonunimizda uch ming yillik milliy davlatchilik hamda dunyo qonunchilik tajribasi, xalqaro inson huquqlari mezonlari mujassamlashgan. Qonunimizda davlat xalqning irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat muassasalari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas'ulligi belgilab qo‘yilgan.

Bu qoida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning quyidagi hadisi shariflariga hamohangdir: «Har biringiz mutasaddisiz, har biringiz qo‘l ostingizdagilar uchun mas'ulsiz. Har bir rahbar insonlar ustidan mutasaddidir va ular uchun mas'uldir. Er o‘z ahli ayoli va qo‘l ostidagilar ustidan mutasaddidir va ular uchun mas'uldir. Xotin erining uyida mutasaddidir va qo‘l ostidagilar uchun mas'uldir. Qul xojasining moliga mutasaddidir va uning uchun mas'uldir. Har biringiz qo‘l ostingizdagilar uchun mas'ulsiz» (Imom Buxoriy rivoyati)

 

Bosh qomusimiz – baxtimiz kafolati

Insoniyat yaralgandan beri muayyan qonunlarga, qoidalarga amal qilib keladi. Bashariyat tarixida qanday muvaffaqiyatlarga, natijalarga erishilgan bo‘lsa, shubhasiz, bu borada qonunlarning, tartib-qoidalarning alohida o‘rni bor. Shu ma'noda mamlakatimizda ham barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan ulkan natijalarga Bosh Qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Har bir millatning, davlatning taraqqiyoti bevosita amaldagi qonunlar bilan belgilanadi. Qonun ustuvor yurtda adolat hukm surib, vijdon erkinligi, millatlararo  totuvlik va diniy bag‘rikenglik ta'minlanadi. Pirovardida esa o‘sha yurtda tinchlik-osoyishtalik, xotirjamlik barqaror bo‘ladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing