O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta salafiylikga raddiya

 
 

Malumki, "Ahli Sunna val-Jamoa "etiqodiga ko‘ra, arkonlari beshta :Imon, Nomoz, Ro‘za, Zakot, Xaj. Soxta salafiylik esa, "Jihod-oltinchi arkon va jihod qilish har bir musulmon uchun farz ayndir", degan g‘oyani ilgari suradi. Jihodning avvola va asosan qurolli kurash sifatida talqin qilinishi ekstremizm va terrorizmning yangicha shakl va mazmun kasb etishga olib keldi.

Bu o‘z navbatida" al-Ihvon al-muslimun "," al-Jihad al-Islamiy ", Shabab Muhammad", at-Takfir val-xijra", kabi o‘ta radikal ekstremistik diniy - siyosiy tashkilot va oqimlarning vujudga kelishiga yul ochib berdi. Zamonaviy voqiylik teror yoki davlat tuntarishi yuli bilan xokimiyatni qo‘lga olish soxta salafiylar tamonidan asosiy yo‘l sifatida tanlanganini ko‘rsatadi. 1979 yilining noyabrida Arabiston yarim-orolida Juxayman Utaybiy va uning tarofdorlari Makkadagi "Masjid al - Xarom" ga hujum uyushtirdi. Ular tamonidan masjidni egallash, umum xalq qo‘zg‘olonini ko‘tarish hamda dastlab Arabiston yarim-orolida, so‘ng boshqa mintaqalarda "Islom davlatini qurish" rejalashtirilgan edi. Ushbu voqealardan so‘ng soxta salafiylik g‘oyalari va unga asoslangan xarakatlar mazkur xududda taziyq ostiga olindi va o‘z navbatida, arab dunyosi chegarasidan chiqib, boshqa mintaqalarga tarqaldi. Jumladan, o‘tgan asirning 70 yillari oxirida boshlangan afg‘on majorasida diniy omildan foydalanilishi natijasida ushbu g‘oyalar ayrim ekstremistik oqimlar tamonidan "Jihod" g‘oyasining o‘ta radikal mazmunda talqin etilishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida Afg‘gonistonda soxta salafiylikda jihodchilik karashlarning kuchayishiga asosiy zamin yaratdi. Ular har qanday yangilikning "bidat" xisoblanmishida, ananaviy mazhablarning inkor kilinishida, tasavvufning umuman tan olmasligida hamda qabiristonlarni ziyorat kilish mumkin emas, deb etirof etilishida qam soxta salafiylikning buzg‘unchi tabiati yorkin namoyon buladi.

Bu kabi soxta davolar insoniyat taraqqiyoti, musulmon sivilizatsiyasi erishgan yutuqlarni inkor etish bilan barobar, mazxabsizlik deganda dinsizlikka olib boruvchi yo‘l tushuniladi. Mazxabboshilarimiz xayotdagi barcha muammolarni Qur'oni karim, hadis, ijmoga tayanib yo‘l tutishgan va biror bir masalada savol qoldirmaganlar. Zero salafiylikni da'vo qilayotgan mutaassiblar Qur'oni karim ilohiy mo‘jiza bo‘lib uning hukmi faqat bir zamon emas, balki hamma zamon uchun ham Haq kitob ekanligini unutmasinlar.

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 01/12/2021 08:15;   Ko‘rilganligi: 910
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylikga-raddiya
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 02:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing