Maqolalar

O‘zganing haqqi

Bugungi kunda hayotimizni elektr energiyasi, tabiiy gazsiz tasavvur qila olmaymiz. Xonadonlarimizga ziyo taratib, tun zulmatini ham bizga sezdirmaydigan, qishning sovuq kunlarida uylarimizni issiq harorat bilan ta’minlaydigan bu ikki ne’mat Yaratganning bandalariga bergan buyuk in’omlaridan biri bo‘lib, ulardan oqilona foydalanishga, isrof qilmaslikka buyurilganmiz. Hayot manbaimiz bo‘lgan ichimlik suvining qadri haqida esa gapirib o‘tirishning o‘zi noo‘rin va buningsiz tirikligimiz dushvor ekani barcha anglab yetgan haqiqatdir.

 

Diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik tinchlik garovi

Bugungi kunda O‘zbekistonda turli din vakillarining o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ushbu jarayonlarda xalqimizning azaliy diniy va madaniy qadriyatlarning asosi bo‘lgan islom ham yanada yuksaldi. Allohga shukronalar bo‘lsinkim, milliy va islomiy qadriyatlar-masjid va madrasalar, osori atiqalar musulmonlarga qaytarib berildi, mamlakatimiz fuqarolari emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Islom dini ilmi va madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, kalom ilmining yirik namoyondasi Abu Mansur Motrudiy, faqihlar Burxoniddin Marg‘inoniy va Abul Barokat Nasafiy, tasavvuf ilmining buyuk mutafakkirlari Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud to‘ylari keng nishonlandi, tabarruk qadamjolari obod qilindi, asarlari minglab nusxalarda nashr etildi. Alloh taolo: “Shukr qilsangiz, albatta (ne’matlarimni yanada) ziyoda qilurman[1], - dedi. Biz barchamiz jipslashishimiz, shukr qilib, birgalikda harakat qilishimiz kerak. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun hamma barobar harakat qilishi kerak.

 

OGOH BO‘LIB YASHASH DAVR TALABI

Diniy ekstremizm va terrorizm insoniyat xayotiga taxdid sifatida namoyon bulmokda. Aslida bu illatlar xech kachon ezgulikka emas, aksincha xar doim diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy kadriyatlar, axlokiy fazilatlarga karshi ishlatilgan.

 

HYOYO IYMONDANDIR

“Hayo” so‘zi lug‘atda uyatsizlikning teskarisini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda hayo aybdan va yomonlanishdan qo‘rqib o‘zini past olish va o‘zgarishdir.

 

NAVOIYGA ATALGAN FORSIY TAFSIR

Hazrat Alisher Navoiy nafaqat beqiyos iste’dodli shoir, taqvodor mutasavvuf, adolatli davlat arbobi, balki ko‘plab olimlar, adiblar, tolibi ilmlarga ham moddiy ham ma’naviy yordam berib, ularni mashhur asarlar bitishga undashga sababchi bo‘lgan sahovatpesha olijanob inson ham edi. O‘sha davrlarda yozilgan ko‘plab asarlarda bu haqda ta’kidlangan. Shunday mashhur asarlardan biri Husayn Voiz Koshifiy qalimiga mansub fors tilidagi “Qur’on” tafsiridir. Kamoliddin Husay Voiz Koshifiy asli Xurosonning Sabzavor shahridan bo‘lib, sulton Husay Boyqaro davlatida katta obro‘-e’tiborga ega yirik olim edi. U ilmning ko‘p sohalarida mukammallik asb etgan. Hirot madrasalarida dars berar, jome masjidlarda ma’vizalar o‘qirdi. Uning voiz nomini olishiga ham shu ma’ruzalarida Qur’on oyatlari va payg‘ambar hadislaridan mohirona foydalangani va fasohat, balog‘atga yo‘g‘rilgan ta’sirchan nutqi sabab bo‘lgan. Alisher Navoiy “Majolisu-n-nafois” asarida Husay Voiz Koshifiyning qomusiy olim ekani, har sohada ajoyib kitoblar tasnif qilgani haqida xabar berib, “Oz fan bo‘lgayki daxli bo‘lmagan”, deb ta’riflaydi.

 

Missionerlik harakati jamiyat birdamligiga tahdid

Insonni yaratib va unga o‘zini yakkayu-yagona iloh deb tanitgan zotga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Alloh taologa hech bir narsani sherik keltirmasdan, doimo mustahkam e’tiqodda bo‘lishga da’vat etgan barcha payg‘ambarlarga, xususan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamga beadad salovat va salomlar bo‘lsin.

 

Iyegova shohidlari yohud dinidan qaytganlar

Albatta, hamdu sanolar Allohnikidir! Biz U zotni maqtaymiz. U zotdan madad va mag‘firat so‘raymiz. Allohdan o‘z nafsimiz va amalimiz yomonliklaridan panoh tilaymiz. Kimni Alloh hidoyat qilsa, uni zalolatga ketkazuvchi yo‘q va kimni zalolatga ketkazsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Guvohlik beramizki, yolg‘iz va sheriksiz Allohdan o‘zga haq ma’bud yo‘qdir. Yana guvohlik beramizki, albatta, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning quli va rasulidir.

 

Tafakkurning fazilati

وَهُوَ الَّذِي مَدَّ الْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْهَارًا وَمِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآَيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

 

YAXSHILIKKA BUYURISH VA YOMONLIKDAN QAYTARISH

Islom dini odob dinidir. Allohni kitobi Ku’roni karim odob kitobidir. Muhammad alayhis-salom odob payg‘ambaridir. U zotni ummatlari odobli va odobni yer yuziga tarqatgan va o‘rgatgan ummatlardir. Alloh o‘zining bu omonatini qiyomatgacha davomli bo‘lmog‘i va barcha bandalarini odobli bo‘lmog‘i uchun ummatlarning zimmasiga amri ma’ruf va nahiy munkar qilmoqlikni farzi ayn qilib belgilab qo‘ydi. Amri ma’ruf va naxiy munkar degani yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarishdir, ya’ni bandalari bir-birlarini Allohga, uning kitobiga, payg‘ambarining sunnatlariga amal qilib odob va axloqli bo‘lishiga xaris bo‘lishi va yordamlashishidir. Amri ma’ruf va nahiy munkar qilayotgan kishi ma’lum va qat’iy odoblarga rioya qilmog‘i lozim

 

ZAHRI QOTIL AMALI BOTIL

Porloq kelajak sog‘lom va mustahkam oila asosida bunyod etiladi. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Anashu burchga sodiq qolgan holda, farzandlarimizni to‘g‘ri tarbiyalashimiz, turli xil yomon illatlardan ayniqsa, jamiyatimiz, islom dinimiz man etgan ishlardan qaytarishimiz lozim.

 

AXBOROT ASRI TAHLIKALARI

Barchamizga ma’lumki, ko‘pchilik insonlar bebaho umrni, vaqtni qadrlab, ilmu fandan yaxshilik bilan unumli foydalanib, qadr topdilar va topayapdilar. Xalqimizda guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganidek ayrim insonlar bu umrni, vaqtni befoyda narsalar bilan, finta fasod ishlar bilan zoye qilib, ikki dunyoda ham o‘zlarini xoru zor qilmoqdalar. Muqaddas dinimiz har xil guruh bo‘lib, odamlar o‘rtasida fitna fasod qilishlikni mutlaq qoralaydi.

 

BEBAHO QADRIYATLARMIZNI QADRLAYLIK

Assalomu alaykum hurmatli o‘quvchi. Ushbu maqolani ochib o‘qiyotgan bo‘lsangiz sizga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz. Chunki hozirgi kunlarda ko‘pchilik internetdagi ko‘ngilochar saytlarga yoki turli mish-mish tarqatuvchi sahifalarga kirib, aksariyat vaqtlarini o‘sha yerda o‘tkazishni xush ko‘radi. Diniy, ilmiy, madaniy, ma’rifiy saytlardan esa afsuski foydalanuvchilar kamroq.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing