O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

YAXSHILIKKA BUYURISH VA YOMONLIKDAN QAYTARISH

 
 

Islom dini odob dinidir. Allohni kitobi Ku’roni karim odob kitobidir. Muhammad alayhis-salom odob payg‘ambaridir. U zotni ummatlari odobli va odobni yer yuziga tarqatgan va o‘rgatgan ummatlardir. Alloh o‘zining bu omonatini qiyomatgacha davomli bo‘lmog‘i va barcha bandalarini odobli bo‘lmog‘i uchun ummatlarning zimmasiga amri ma’ruf va nahiy munkar qilmoqlikni farzi ayn qilib belgilab qo‘ydi. Amri ma’ruf va naxiy munkar degani yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarishdir, ya’ni bandalari bir-birlarini Allohga, uning kitobiga, payg‘ambarining sunnatlariga amal qilib odob va axloqli bo‘lishiga xaris bo‘lishi va yordamlashishidir. Amri ma’ruf va nahiy munkar qilayotgan kishi ma’lum va qat’iy odoblarga rioya qilmog‘i lozim

1. Amri ma’ruf va nahiy munkardan maqsad Allohni roziligini topish bo‘lmog‘i kerak. Riyokorlikdan saqlanib, maqtov va olqishlarga bo‘lgan rag‘batni qalbdan olib tashlash lozim.

2. Kishilarga qilishga buyirayotgan narsani o‘zi qilgan bo‘lmog‘i va odamlarni qaytarayotgan ishlardan o‘zi ham qaytgan bo‘lmog‘i shart. Allohu ta’olo kitobida: “Odamlarni yaxshilikka chorlab turib o‘zingizni unutasizmi? Holbuki kitobni tilovat qilayapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?”, degan (Baqara, 44)

Usoma ibn Zayid Payg‘ambarimiz alayhissalomdan qilgan rivoyat qilgan hadisda aytiladiki: “Qiyomat kuni bir kishini olib d


Kiritilgan vaqti: 27/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3482
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/yaxshilikka-buyurish-va-yomonlikdan-qaytarish
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing