Maqolalar

Dunyoda mehmonmiz

Aziz qilib yaratgandir Alloh odamni,

Shuning uchun o‘ylab bosgin har bir qadamni.

 

SAHOBALAR PAYG‘AMBARIMIZNI QANDAY SEVISHARDI

Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, anbiyoyu mursalinlar xotami, bashariyatning eng ulug‘ vakili sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va salam)ni yaxshi ko‘rish va u zotning muhabbatini boshqa barcha insonlar muhabbatidan ustun qo‘yish dinimiz talabidir. Anas (raziyallohu anhu) dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va salam) shunday marhamat qilganlar: «Birortangiz, toki Men unga otasi, bolasi va jamiki insonlardan mahbubroq bo‘lmagunimgacha (komil) mo‘min bo‘lolmaydi» (Imom Buxoriy rivoyatlari).

 

Tinchlik qo‘nim topgan yurt

Insoniyat mo‘tabar zaminda hayot kechirishi uchun bir necha omillar talab qilinadi. Bu chorlov yaratgan Buyuk Zot va uning payg‘ambari tomonidan ekani ayni haqiqatdir. Alloh taolo bandasidan O‘ziga ibodat va itoat qilishini buyuribgina qolmay, jamiyatda xuddi, bir oiladagi aka-ukalar kabi o‘zaro tinch-totuv va birdamlikda umr kechirishlarini va hamisha yaxshi amallarni bajarishda namuna bo‘lishlarini bir necha oyatlar mazmunida bildirgan. Alloh taolo Kalomi sharifda Moida surasining 2-oyatida shunday marhamat qiladi:

 

Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning boshqa din vakillariga bo‘lgan munosabatlari

Alloh haq subhanahu va taolo Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vasallamni olamlarga rahmat qilib yubordi. U zot insoniyat olami, hayvonot olami, farishtalar olami, jinlar olami, nabotot olami vahokazo barchasiga rahmat o‘laroq yuborilganlar.

 

MAVLIDI SHARIF MAROSIMINI O‘TKAZISH TARTIBLARI

Yurtimizga hijriy-qamariy oy – Robi’u-l-avval oyi kirib kelishi bilan shodiyonalik kayfiyati tarqaladi. Bu oyni butun dunyo musulmonlari alohida e’tibor bilan kutib oladilar. Chunki, bu oyning Dushanba, 12-kunida to qiyomatgacha bashariyatni zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga eltuvchi zot, nomi dillarda ardoqlangan, ismi tillarda mudom takror, insoniyatga axloq borasida buyuk namunani taqdim etgan zot – oxir zamon payg‘ambari Muhammad mustafo sallollohu alayhi va sallam tavallud topganlar. Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi va sallam Fil yilidan bir yil o‘tib, 571-melodiy sananing Robi’u-l-avval oyini 12-kunida Makka shahrida, Abdulmutallib xonadonida tug‘ildilar.

 

Payg‘ambarimiz alayhissalomning odob axloqlari

Bizlarni payg‘ambarlarning oxirgisi bo‘lgan Muhammad alayhissalomning ummatlaridan qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu-sanolar bo‘lsin.

 

Rasulullohda mo‘minlar uchun go‘zal namuna bordir

Bugungi kunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavallud topgan muborak kunlarini xotirlash va ul zotning siyratlarini o‘qib, o‘rganib va eshitish bilan birga butun olamga rahmat etib yuborilgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ning hayot tarzlari, xulq-odoblaridan o‘rnak olib yashamog‘imiz lozimdir.

 

Inson manfaati har narsadan ustun

Har bir yangi yilga nom berish orqali ko‘pgina ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda bir necha pog‘ona rivojlanish amalga oshirilmoqda. An’anaga binoan 2017 yil ham mamlkatimizning Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Insonni Alloh taolo aziz va mukarram qilib qo‘ygani O‘zining buyuk kalomida aksini topgan. Insonlar qadrini ulug‘lash, bu borada ular bilan muloqotga kirishish, ularning manfaatlarini har bir narsadan ustun qo‘yish eng ezgu amallardan hisoblanadi. Bu kabi xayrli ishlar xalqimizning azaliy qadriyati va musaffo dinimizning asosiy ko‘rsatmalaridandir. Bashariyat uchun o‘rnak va namuna bo‘lmish Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ham hamisha as’hoblari qurshovida bo‘lib, har qanday inson bilan ochiq muloqotga kirishganlar, ularni tinglaganlar.

 

SALOVOT AYTISHNING FAZILATI HAQIDA O‘N HADIS

Alloh taologa beadad hamdu sano va shukrlar hamda U zotning butun olamlarga rahmat elchisi qilib yuborgan payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlarimiz bo‘lsinki, barchamiz muborak Rabi’u-l-avval, ya’ni oxirzamon payg‘ambari tavallud topgan oyda turibmiz.

 

Buyuk muhabbat

Sog‘lom qalb egasi bo‘lgan inson zoti borki, bu dunyoda hayot kechirar ekan, kimgadir muhabbat bilan yashaydi va hayoti davomida o‘sha kishidagi go‘zal sifatlarni o‘zida ham shakllantirishga harakat qiladi. Musulmonlar esa, keksa-yu, yosh barchamiz Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘ramiz va ul zot sallollohu alayhi vasallamga o‘xshashlikka harakat qilamiz. Chunki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rish, Allohni yaxshi ko‘rish va Allohni yaxshi ko‘rishlik esa, iymon halovatidandir. Imom Buxoriydan qilingan rivoyatda shunday deyiladi:

 

BUYUK VA MUQADDAS VATANIMIZ MADHIYASI

1992 yil 10 dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

 

Uzoqning donidan yaqinning somoni....

Mamlakatimizda har bir insonning munosib turmush kechirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan va kun sayin sharoitlar yaxshilanib bormoqda. Davlatimiz tomonidan tobora yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, insonlarning turmush tarzini yaxshilash choralari ko‘rilyapti. Buning uchun fuqarolarga ko‘plab imkoniyatlar, imtiyozlar hamda qulayliklar yaratib berilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing