O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

ZAHRI QOTIL AMALI BOTIL

 
 

Porloq kelajak sog‘lom va mustahkam oila asosida bunyod etiladi. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Anashu burchga sodiq qolgan holda, farzandlarimizni to‘g‘ri tarbiyalashimiz, turli xil yomon illatlardan ayniqsa, jamiyatimiz, islom dinimiz man etgan ishlardan qaytarishimiz lozim.

Barchaga ma’lumki, bugungi kunimizning eng global muammolaridan biri, asr vabosi deb qaralayotgan zahri qotil – giyohvand modda istimolidir. Bu illat ko‘zga ko‘rinmas bo‘lib, o‘ylamagan, kutmagan joyimizdan paydo bo‘lib, butun bir oilani barbot qilishi mumkin. Shuning uchun bugungi kunda sergaklikni yo‘qotmay, farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Pul topaman deb xorijga ishga ketgan ota-onalar farzandlarini yaqin qarindoshlariga qoldirib, farzand uchun alohida, unga qarovchi qarindoshi uchun alohida pul jo‘natib turganligi hech kimga sir emas. Pulni olayotgan qarindosh farzandi meni yomonlamasin deb, unga erkinlik berib qo‘ygan. Natijada ayni o‘sha farzandlar giyohvandlik qarmog‘iga ilinib, o‘z umriga o‘zi zomin bo‘lmoqda. Qur’oni karimda Alloh azza va jalla barchamizni ogohlantirib aytgan: “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!” (Baqara surasi 195-oyat). Islom shariatida inson o‘z jonini va aqlini saqlash o‘ta muhim masalalardan hisoblanadi. Zahriqotil esa anashu ikki narsani yo‘q qiladigan eng daxshatli, tuzalmas, jirkanch illatlardandir.

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bunday yomon ishlardan qaytarib ta’qiqlaganlar. Ahmad ibn Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda aytiladiki: “Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam har qanday mast qiluvchi, badanni bo‘shatuvchi va susaytiruvchi narsalarni iste’mol qilishdanqaytardilar”. Mazkur hadis har qanday turdagi giyohvanlik xaromligiga dalolat qiladi.

Giyohvandlikning zararlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning avvalo sog‘likka, jamiyatimizga, iqtisodga, tarbiyaga, oilaga, umuman faqat va faqat zararini misol keltiramiz xalos. Bu zararlar yig‘indisi halokatdir. Bunday halokatning oxiratdagi javobi esa alamli bo‘ladi. Bu so‘zimizga dalil Imom Buxoriy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisdir: “Har kim o‘zini o‘zi biron narsa bilan o‘ldirsa, qiyomat kuni do‘zaxda o‘sha narsa bilan azob beriladi”.

Giyohvandlik to‘g‘risida matbuotda, gazeta va jurnallarda ko‘p yoritilgan. Hatto, kitoblar yozilgan. Shunday bo‘lsada bu illat hanuzgacha jamiyatimizda ildiz otib bormoqda. Farzanlarimizni bunday azobli yo‘llardan to‘sib ma’rifat, ma’naviyat yo‘llariga yo‘llash uchun bor kuchimizni, bor imkoniyatimizni, bor ilmimizni sarf qilsak inshaolloh jamiyatimiz yanada yuksalib, haqiqiy, to‘g‘ri yo‘lda bardovom bo‘ladi. Yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga nisbatan davlat siyosati eng yuqori cho‘qqida ekanligi har har birimizni xursand qiladi. Yoshlarimiz dunyo yoshlari oldida obrusi baland, yutuqlari ko‘p, kelajagi parloqdir. Guruchningkurmagi bo‘ladi deydilar. Bizning yoshlarimizni orasida birorta xulqi buzuq, beodob, aqli kalta yoshlar bo‘lishi mumkin emas. Chunki, ko‘zlagan maqsadimiz ilm cho‘qqisidir.


Kiritilgan vaqti: 27/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2962
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/zahri-qotil-amali-botil
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing