Xabarlar

Iymon keltirib solih amal qilganlar

Alloh taolo iymon keltirib solih amallarni qilganlarga oxirat saodatini, bitmas tuganmas ne'matlar, mag‘firat va kenglikni va'da qildi. Qur'oni karimda ushbu ne'matlar va'da qilingan insonlarning sifatlarini o‘rganib chiqsangiz, ularni iymon va solih amaldan iborat ekanini ko‘rasiz. Kahf surasi 107-oyatda Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi:

“Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog‘lari manzil bo‘lur“.

Uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan fuqaro Aliyev Sergey Muzafarovichga hokimiyat tomonidan Samarqand shahridagi iqtisodiyot va servis kollejiga qarashli talabalar uyidan  6x8 m. hajmli xona yashash uchun ajratib berilgan edi. Vaqf xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali tomonidan ana o‘sha xona uchun gilam palas va ko‘rpachalar  olib berildi. Xonaning boshqa jihozlari filialga qarashli ziyortagohlar tomonidan olib berish ishlari davom etmoqda.

Alloh taolo sadaqa ila bandasidan aziyatni ketkazish bilan birga, nochor miskinlarning ham hojati ravo bo‘lishidan rozi bo‘ladi. Sadaqalar bandani juda yuksak maqomlarga ko‘taradi. Inson har kun ozginadan solih amal qilib borsa, Hisob kunida albatta uning maqomini ko‘radi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Samarqandliklar Umra ziyoratiga jo‘nab ketdi

Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Allohning baytini tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Umra ibodatining o‘ziga xos bir qancha fazilatlari bor. O‘shalardan biri gunohlarning o‘chirilishidir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va salam shunday deganlar:

“Bir umra keyingi umragacha bo‘lgan oraliqdagi gunohlarga kafforatdir. Mabrur hajning mukofoti esa faqat jannatdir! (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Dinimiz o‘zaro yordamlashib yashashga chaqiradi

Bu dunyoda odamlarning boshiga tez-tez turli g‘am – g‘ussa, qiyinchilik va mashaqqatlar tushib turadi. Boshiga mashaqqat tushgan odam o‘z yaqinlaridan yordam kutadi. Chunki bir o‘zi mushkulotga qarshi turishi oson emas. Islom dini o‘zaro bir-birimizga yordam berib yashashga chaqiradi.

 

Chekka hudularga tashrif davom etmoqda

Chekka, viloyat markazidan uzoq masofada joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qish, namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov belgilangan reja asosida joylarda bo‘lib turibdi.  Navbatdagi tashrif Ishtixon tumani “Dehqonobod” jome masjidi va Kattaqo‘rg‘on tuman “Chig‘atoy” masjidlariga bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi samimiy suhbat va do‘stona munosabatlar tarzida o‘tgan uchrashuvda namozxonlarni bugungi tinchlik va osoyishtalikka shukrona keltirish, yoshlarni tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashishga, shu muqaddas  zaminda O‘zining ibodatini ado etib, yaxshilik bilan hayotga kechirishga chaqirdi.

 

“Markaziy osiyo umumiy uyimiz!” mavzusida xalqaro konferensiya ishtirokchilari Samarqandda

Toshkent shahrida Bag‘rikenglik haftaligi doirasida "Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz!" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari Toshkentda millatlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Hasan Normurodov 80 yoshda

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov tavvaludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Bulung‘ur tumani “Xo‘ja Hofiz” masjidida yangi tahoratxona ishga tushdi

Bulung‘ur tuman “Xo‘ja Hofiz” masjidi tahoratxonasi homiylar ko‘magi bilan zamonaviy holatga keltirilib, foydalanishga topshirildi. Namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Issiq-sovuq suv, sochiq, sovun kabilar bilan jihozlangan tahoratxona olti o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bitta yuvinish xonasi ham namozxon va masjid xodimlari foydalanishi uchun hozirlab qo‘yildi. 

 

“Umra-2019” ziyorati boshlandi

Mamlakatimiz mo‘min-musulmonlari muborak haj va umra ibodatlarini ado etishlari uchun yildan-yilga qulay shart-sharoitlar tashkil etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan tibbiyot, transport, mehmonxona xizmatlari va ibodat masalalaridagi yordamlar saviyasi sezilarli darajada oshganini alohida qayd etish kerak. Navbatdagi umra mavsumi ham boshlanish arafasida turibdi. Viloyat “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hay'ati tomonidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning tasdiqlangan ro‘yxati asosida “Umra-2019”  ziyoratini namunali va tartibli tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

Qalblari mehrga to‘la insonlar

Oramizda gapirish, ko‘rish va eshitish ne'matidan bebahra insonlar bor. Lekin ularning qalblari mehrga to‘la. Qo‘llari har doim duoda, tili kalimada. Aslida ular nogiron emas. Nogiron inson deb qalb ko‘zi ko‘r, lekin to‘rt muchasi sog‘ insonlarni aytish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ishtixon tumani, Safoxo‘ja mahallasidada yashovchi Boboxo‘jayev To‘ychi akaning ham ko‘rish imkoniyati cheklangan. Ishtixon tuman bosh imom-xatibi Alijon Yaqubov mahalla faollari bilan To‘ychi aka xonadonida bo‘lib, u kishining holidan xabar oldi hamda ro‘zg‘ori uchun oziq-ovqat mahsulotlari hadya qildi.

 

Musofirlik oson emas

U sizlarga yerni bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng...” (Mulk surasi, 15-oyat).

 

Nikohni buzish islomda qoralanadi

Jamiyat oilalardan tarkib topadi, oilalar baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Oila va jamiyat tushunchalari bir-biriga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, kelajagi porloq jamiyat qurish uchun uning negizi bo‘lgan oilani ma'nan sog‘lomlashtirish talab qilinadi. Islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilgan. Iqtisodiy yetishmovchilik, g‘iybat, tuhmat, turli gap-so‘zlar sabab yuzaga keluvchi oilaviy kelishmovchilik, sabrsizlik, yengil hayot ishtiyoqida nikohni buzish islomda qattiq qoralangan. Bu borada hadisi shariflarda: “Halol va ruxsat etilgan narsalarning ichida Alloh taologa xush kelmaydigani – taloqdir”, deb ta'kidlangan.

 

Bugun imomlardan oldingidanda faollik kutilmoqda

Albatta,  bugun  faoliyat  olib  borayotgan  imomlarimiz  shu  zamonning  din  peshvolari  va  xalqni  to‘g‘ri  yo‘lga  boshlovchi  olimlardir.  Jamoat imomi o‘z jamoatining rahbari, ularning yo‘lboshchisi, namozlarining va boshqa ibodatlarining to‘kis bo‘lishida asosiy xizmat ko‘rsatadigan peshvosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ma'rifat targ‘ibotchisi hamdir.

 

Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish vazifalarimizdan biri

“Vaqf” xayriya jamoat fondi kelib tushgan mablag‘larni har bir yo‘nalish bo‘yicha taqsimotini amalga oshirgan holda hududlarda bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. “Malham”, “Ilmga ko‘mak”, “Ro‘zg‘or”, “Ehtiyojmandlarga ko‘mak”, “Obod xonadon” kabi aksiyalar shular jumlasidan. Fondning Samarqand viloyat filiali o‘z tasarrufidagi ziyoratgohlar hamkorligida xayriya tadbirini amalga oshirdi. Unga filial rahbarining o‘rinbosari A.Sultonov rahbarlik qildi. Tadbir doirasida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilallar, bemorligi bo‘lgan insonlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, “Shohi Zinda” majmuasi tomonidan Afrosiyob va Imom Vose' mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘nta xonadonga umumiy 1 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

“Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi tomonidan homiylar bilan hamkorlikda Qo‘shchinor, G‘afur G‘ulom, Sayxun mahallalaridagi kam ta'minlangan o‘nta oilaga 3 500 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

 

Jerar Depardye Samarqandga keldi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye yurtimiz haqida hujjatli film sur'atga olib, uni fransuz, o‘zbek telekanallarida namoyish qilish maqsadida bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi.

Mehmonlar dastlab Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Hindistonlik alloma Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldi

Hadis ilmida dunyo imomi, hadis mulkining amiri  nomlarini olgan Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning qo‘nim topgan ravzalari Islom olamida yuksak e'tiborga ega bo‘lgan maskanlardan hisoblanadi. U zotni ziyorat qilish uchun butun islom olamidan ziyoratchilar, olimu talabalar tashrif buyuradilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing