Samarqand viloyat vakilligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat vakilligida barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov vakili o‘rinbosari X.Sattorov qatnashdi.
Kun tartibida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 2020 yilda bajariladigan vazifalar, Imom-xatiblarning OAV, internet saitlari, ijtimoiy tarmoqlarda bugungi dolzarb bo‘lgan mavzular bo‘yicha maqolalar, video va audio materiallar bilan chiqishlari masalasi, O‘MI tomonidan tasdiqlangan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va maroismlarni o‘tkazishda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan odatlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar dasturi muhokama qilindi va tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.
O‘MI -Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 08/01/2020 15:45; Ko‘rilganligi: 830
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 19:48