O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumanida Otinoyilar mehnati sarhisob qilindi

 
 

Otin-ayol-qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni, shuningdek ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayol. Bugungi kunda otinoylarning vazifalari doirasi juda kengaygan.

Ular nafaqat diniy bilimlar egasi, balki yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy, ta'lim va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, jamiyatimiz ma'naviy, diniy hayotida kechayotgan o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim. Yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan keng islohatlar va bunda otinoyilarning vazifalari, ayollarga oid ijtimoiy masalalar yechimini hal etishda otinoyilar ma'suliyati ancha oshgan.

2019 yil, 25 dekabr kuni yil davomida otinoyilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklarning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Urgut tuman bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev, tuman bosh otinoyisi va tumandagi barcha otinoyilar ishtirok etdi.  Sohada namunali, faol mehnat qilgan besh nafar otinoyilarga “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirildi. Shu bilan birga kam ta'minlangan, oilasida iqtisodiy kamchiligi bo‘lgan otinoyilar aniqlanib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.

“Albatta, kamtarona qilgan mehnatimizga qaratilgan e'tibordan benihoya shod bo‘ldik. Bundan buyon ham xalqimizga sof islom tushunchasi va diniy ma'rifatni yetkazishda bor ilm va salohiyatmizni safarbar etamiz”, dedi taqdirlanganlardan E.Fattohqulova.

 

O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/12/2019 18:49;   Ko‘rilganligi: 1164
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-otinoyilar-mehnati-sarhisob-qilindi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 18:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing