Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin
Bir vaqtlar Haj yoki Umra ziyoratiga borish xalqimiz uchun go‘yoki ushalmaydigan orzu bo‘lgan. Bobolarimizning yaqin o‘tmishda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi birgina otaxonning Haj ziyoratiga borib kelgani haqida katta havas bilan olamshumul voqea sifatida aytib yurganlarini eshitganmiz.
Samarqand viloyat vakilligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat vakilligida barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov vakili o‘rinbosari X.Sattorov qatnashdi.
«El-yurt hurmati» ordeni muborak bo‘lsin!
Azal-azaldan bu xalq, bu millat, bu yurtning rahnamolari ilmni qadrlagan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o‘qigan har kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o‘z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va diniy soha vakillarini qattiq hurmat qilgan. ularga alohida lutf ko‘rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan.
O‘ZBEKISTON YANGILIKLARI 2019 yilda O‘zbekistonda nechta masjid ochildi?
Masjidlar – mo‘min musulmonlar uchun eng muqaddas va qadrli joy hisoblanadi. Faqatgina ibodat maskani sifatida emas, o‘zaro mehr oqibat, hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini bog‘lovchi joy sifatida ham e'tiborga molikdir. Shunga ko‘ra masjidlarni bunyod etish va mavjudlarini qayta ta'mirlab go‘zal holatga keltirish savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2019 yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qaysi ekanini bilasizmi?
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekistonda 2019 yil davomida eng ko‘p qo‘yilgan ismlar haqida ma'lumot berdi. Agentlik xabariga ko‘ra, 2019 yil davomida respublikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Muhammadali va Soliha ismlari eng ko‘p qo‘yilgan.
Muftiy hazratlari “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandilar
Uzoq yillardan buyon diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan, muqaddas islom dinimiz ma'rifatining tolmas targ‘ibotchisi, yurtimiz masjid va madrasalari diniy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish, xalqimizga diniy ma'rifatni yetkazishda uzoq yillardan buyon mehnati singib kelayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandilar.
Ushbu mukofat bilan O‘zbekistondagi barcha musulmonlar nomidan muftiy hazratlarini muborakbod etamiz.
Navbatdagi Samarqandlik ziyoratchilar jo‘nab ketishdi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
«Ibn Abbos roziyallohu anhumo:
«Albatta, u (umra) uning (hajning) Allohning Kitobidagi dugonasidir. «Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting», dedi».
Ta'ziya izhor qilamiz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi, Imom Buxoriy jome masjidi va barcha imom-xatiblar Payariq tuman “Imom al-Buxoriy” jome masjidi fidoiy xodimi (mutavallisi) Doniyarov Maqsudjonning (1981) vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.
Alloh subhanahu va taolo marhumning barcha dinimiz yo‘lida qilgan xayrli ishlari hamda solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Oxiratlarini obod qilib, ajru mukofotlarini ko‘paytirsin va yaqinlariga chiroyli sabr bersin.
(Janazo nomozi Ishtixon tumani Metan massivi yaqinidagi Oxunboboyev mahallasi Qirqoy qishlog‘ida soat 14:00da o‘qiladi)
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Samarqand tumanida Yosh kitobxon maskani faoliyatini boshladi
Samarqand tumani “Xo‘ja Ahror Valiy” mahallasida “Yosh kitobxon maskani” nomli kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.
Islom dini ayolni oliy martabaga ko‘tardi
Moziyga nazar soladigan bo‘lsak, johiliyat davrida ayolga bo‘lgan munosabat nihoyat darajada ayanchli edi. Dunyoning barcha yerida ayol zoti kamsitilgan, xo‘rlangan, qul sifatida sotilgan, sotib olingan, ularning hech qanday moddiy va ma'naviy huquqi bo‘lmagan. Hatto tug‘ilgan qiz bola chaqaloqlar tiriklay ko‘mib yuborilgan
Payg‘ambarimiz (alayhi salom)ning tuyalari cho‘kkan muborak joy
Qubo masjidi Islom tarixida taqvo asosiga qurilgan ilk masjid bo‘lib, Alloh azza va jalla bu haqda Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi:
Harbiylar bilan “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyat vakilligi “Oila” IAT markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida Markaziy Harbiy okrugda “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” shiori ostida o‘tkaziladigan “Oila -muqaddas dargoh” tadbiri zamirida uylanmagan harbiy xizmatchilarni bo‘lajak umr yo‘ldoshini tanlashda yo‘l-yo‘riqlar berish, harbiy xizmatchilar oilalarini jamiyatda nufuzini oshirish, ma'nan sog‘lom oilalarda barkamol yosh avlodni tarbiyalash kabi ezgu maqsad mujassamdir.
Urgut tumanida Otinoyilar mehnati sarhisob qilindi
Otin-ayol-qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni, shuningdek ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayol. Bugungi kunda otinoylarning vazifalari doirasi juda kengaygan.
Chekka hududlarda joylashgan masjidlar faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi
Ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash- bugungi kunning talabidir. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish esa diniy soha vakillari, ayniqsa, imom-xatiblar faolligi bilan chambarchas bog‘liq.





















