Xabarlar

Samarqandda Muftiy hazratlari va Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi avf etilgan fuqarolar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 92 nafar fuqaro afv etilgan edi. Avf etilganlarning 14 nafari Samarqand viloyatidan. Muftiy hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon tumanlaridan avf etilgan 4 nafar fuqarolar bilan uchrashib, suhbatlashdilar. Suhbat davomida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qarorning ahamiyati, tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, shukr qilib, ota-onalarining duosini olgan holda, jamiyat va dinimizga xizmat qilishga chaqirdilar. Shundan so‘ng muftiy hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma'rifiy adabiyotlar hamda “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan oziq-ovat mahsulotlari ularga sovg‘a qilindi.  Ularning oilalaridagi hozirgi kabi xursandchiliklar doimiy bo‘lishi, tinchlik-osoyishtalik ne'mati, ona yurt qadriga yetib, shukronalik bilan hayot kechirish, farzandlarning halovatini ko‘rishlarini tilab duoi xayrlar qilindi.

Samarqand tashrifi davom etmoqda.

 

Muftiy hazratlari va Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Iroqdan qaytarilgan bolalar holidan xabar oldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yurtimizning bir qator hududlarida bo‘lib, sohaga tegishli vaziflarning ijrosi, diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishib, imom-xatiblar bilan suhbatlashmoqda.  Shuningdek, safarlar davomida aholi vakillari bilan uchrashuvlar, turli xayriya va saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda.

 

Umrachilar Samarqandga yetib keldi

Umra ziyoratini ado etgan Samarqandlik 229 nafar ziyoratchilar bugun, 11 dekabr kuni Samarqandga yetib keldilar. Ularni Samarqand viloyat vakilligi binosida yaqinlari ishtirokida kutib olindi. Ziyoratchilarning barchasi sog‘-salomat, kayfiyatlari ko‘tarinki ruhda. Shu kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar keltirmoqda.

Alloh subhanahu va ta'ala ibodat va ziyoratgohlaringizni ijobat aylasin!  

 

Avf etilganlarning muammolari tinglandi

Konstitusiya qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 92 nafar fuqaro afv etilgan edi. Avf etilganlar orasida 14 nafari Samarqand viloyatidan. Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 14 nafar avf etilgan shaxslar va ularning yaqinlari bilan uchrashdi. Ushbu tadbirda O‘MI Samarqand viloyat vakili Zayniddin Eshonqulov ham ishtirok etdi.

 

Viloyat hokimining sayyor qabuli o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kollejida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda. Viloyatdagi barcha tashkilotlari rahbarlari qatorida viloyat bosh imom xatibi Z. Eshonqulov va Samarqand shahar bosh imom xatibi N. Islomov ham mazkur qabulda ishtirok etib, fuqarolar murojaatini ijobiy hal etishda faol harakat qilishmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Samarqandlik navbatdagi ziyoratchilar guruhi Umra safariga kuzatib qo‘yildi

Xabaringiz bor Umra ziyoratiga vatandoshlarimizning borishida cheklovlar bekor qilinib, endilikda umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘lgan edi. Shunga binoan har o‘n kunda viloyatmizdan ziyoratchilar Umra safariga yo‘l olmoqdalar. Bugun, 10 dekab kuni Samarqand viloyatidan navbatdagi 4 ta guruhda  196 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘lga chiqdi. Ushbu guruhlarga tajribali, ilmli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari boshchilik qilmoqda. Viloyatmizning barcha tumanlaridan ziyoratchilar kunning avvalida viloyat vakilligi binosiga yig‘ildiilar. Shundan so‘ng safaroldi xayrlashuvi va duolar qilinib, muborak safarga kuzatib qo‘yildi.  

Umra ziyoratida ulkan ajru savoblar bor. Baytullohning atrofida tavof qilib aylanar ekan ularning har bir qadamiga bir hasana yozilib, bittadan gunohlari o‘chirib boriladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan, ul zot aytganlar:

“Kimki Baytullohni tavof qilar ekan bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib, ikkinchisini yerga qo‘ygunicha Alloh unga bir hasana yozadi, bitta gunohini o‘chiradi va darajasini bir pog‘onaga oshiraveradi” (Imom Ahmad).

Allohim, barcha yaxshi niyat bilan safarga otlangan va umra ibodatlarini ado etib qaytayotgan yurtdoshlarimizning ibodatlarini qabul qilsin!

 

Otinoyilarning navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari viloyat vakilligi binosida boshlandi

Oldin xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv kursi Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji binosida olib borilayotgan edi. O‘quv mashg‘ulotlari 2019 yil 16 sentyabrdan boshlangan bo‘lib, har bir guruh 2 hafta  mobaynida 72 soatlik mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.

 

Prezident 92 nafar mahbusni afv etdi. Ular orasida dindorlar ham bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.       

 

Toshkent shahridan kelgan imom-xatiblar Samarqand viloyatidagi masjidlarda Juma namozlarini ado etib berdilar

Yurtimizda barcha jabhalarda  islohotlar olib borilayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Jumladan, diniy sohada ham ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani barchamizni xursand qilmoqda. Ushbu kunlarimizga shukronalik keltirish, tinchlik va xotirjamlikning qadriga yetish, olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyatini tushinib yetish borasida suhbat qilish uchun Mamlakatimizning taniqli ulamolari, tajribali imom-xatiblar chekka hududlardagi masjidlarda juma namozlarini o‘qib, ma'ruza bilan ishtirok etishlari an'ana bilan davom etib kelmoqda.

 

Muftiy hazratlari Urganchdagi madrasaning yangi binosi loyihasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyatiga safarlari davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishib, ustoz va talabalar bilan muloqot qildilar.
Muftiy hazratlari boshchiliklaridagi avval ushbu madrasa uchun ajratilgan yangi binoning ta'mirlash loyihasi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdilar.
Tashrif doirasida barcha mudarris va talabalar bilan muftiy hazratlari suhbat o‘tkazib, Haq taoloning bergan ne'matlariga shukr qilish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, diniy va dunyoviy ilmlarni mustahkam egallash, kelgusida xalqimiz va dinimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta'kidladilar.
Ayniqsa bugungi kunda din nomidan jinoyat qilayotgan toifalarga qarshi kurashish uchun zarur ilmlarni puxta o‘rganish va ularning noto‘g‘ri da'volarida raddiya berish qobiliyatiga ega bo‘lish eng dolzarb vazifalardan ekanini alohida qayd etdilar.
Uchrashuvda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ustoz va talabalarga Qur'oni karim kitoblari tuhfa etildi.

 

Aviahalokatga uchragan oilalarning yaqinlariga ta'ziya izhor etildi

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan edi. Asli O‘zbekistonlik, AQSHning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Samolyotda Obloqulovning turmush o‘rtog‘i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo‘lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O‘zbekistondan bo‘lgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan.

 

Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar Samarqand shahriga tashrif buyurib, tabarruk ziyoratgoh va tarixiy obidalrni ziyorat qildi. Jumladan, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohligida Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.

Bundan tashqari mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida ham bo‘ldilar. U yerda Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar markaz muzeyida bo‘ldilar. Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Martabali mehmonlarning ziyorat va tashrifi davomida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ularga hamrohlik qildi.

 

“...Jannatda o‘zinga bir manzil tayyorlading”

Alloh taolo insoniyatni behisob ne'matlar bilan silagan. Ular orasida inson uchun eng beboholaridan ikkitasi sihat salomatlik va hotirjamlikdir. Alloh taolo ba'zi bandasiga bemorlik dardini beradi. Mana shunday hollarda mo‘min musulmonlar o‘rtalarida mehr-muruvvat, o‘zaro hamjihatlik ziyoda bo‘lishi uchun bir-biridan xabar olib turmog‘i lozim. Barcha ezgu amallar kabi bemorni ziyorat qilishni ham astoydil, ixlos bilan ado etish lozim. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Bir odam bemor kishini nafaqat Alloh taolo roziligi uchun ko‘rishga borsa, Alloh taolo u haqda shunday deydi: “Juda yaxshi qilding. Borishing ham chiroyli bo‘ldi. Jannatda o‘zinga bir manzil tayyorlading”.

 

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda

Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya'ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Har-bir yaxshilik besamar qolmaydi

Muqaddas dinimiz – islom dinida inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Qur'oni karimning bir qator o‘rinlarida, bu umuminsoniy yuksak qadriyat alohida ta'kidlangan. Islom inson uchun lozim bo‘lgan ma'naviy va moddiy manfaatlar uyg‘unligini o‘zida mujassam eta olgan dindir.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing