Otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quvlarning 7-bosqichi boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 7-davra tinglovchilari mashg‘ulotlarni bugun, 23 dekabr kuni boshladilar. Mashg‘ulotlar 2 hafta davom etib, unda 72 soat dars o‘quvlari bo‘ladi. Yangi tinglovchilar bilan Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov, O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi mintaqaviy filial xodimi T.Evadullayevlar mashg‘ulotlardan oldin uchrashib, ular bilan ilmning fazilati, sof islom aqidasi tushunchasi, bid'at-xurofotlarning salbiy oqibatlari haqida suhbatlashdi. Tahsil jarayonida e'tibor va qunt bilan ishtirok etishlarini so‘rab, Alloh taolodan mas'uliyatli vazifalarini ado etishda kuch-quvvat ato etishini so‘rab, duo qildi.
Shundan so‘ng Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi U.Sattarov otinoyilarga o‘quvlarni tashkil etilishi va Malaka oshirishi markazi faoliyati haqida ma'lumot berdi.
Imom-xatiblar munosib nomzodlarga ovoz bermoqdalar
Bugun, 22 dekabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.
Yangi uylar o‘z egalariga topshirildi.
Kecha, 20 dekabr kuni Jomboy tumani Uzunovul massivida yangi uylar o‘z egalariga topshirildi. Har tomonlama qulay, jahon standartlariga mos ushbu uylar tumanning Uzunovul massivida qisqa fursatda qurib bitkazildi.
Ilm olishning ajri ulug‘dir
Qur'oni Karimning ilk oyati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga “O‘ki!” degan xitob bilan nozil bo‘lgan. Payg‘ambarimiz ham: “Beshikdan qabrgacha ilm izlang, ilmni Chin-mochinda bo‘lsa ham egallang”-, deya ta'lim berganlar. Zero, ilm insonni yuksaklikka undovchi kuchdir. Allohning irodasi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib viloyatimizda faoliyat yuritayotgan otinoyilarimizning 30 nafari bugun, 21 dekabr kuni 7-davra o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladilar. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib sertifikat bilan taqdirlandilar.
Otinoyilarimizning olgan ilmlari manfaatli va ikki dunyo saodat baxtiga erishuvlarida hujjat bo‘lsin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Ziyoratchilarimizga Umra safariga oid tushinchalar berilmoqda.
Joriy yilning 21 dekabr kuni Samarqand viloyatidan muborak Umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan yurtdoshlarimiz uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
“Jo‘sh ota” masjidida qurilish ishlari yakuniga yetmoqda
Samarqand viloyati markazidan qariyb 150, Qo‘shrabot tumani markazidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan Jo‘sh mahallasida olti asrlik tarixga ega “Jo‘sh ota” jome masjidi joylashgan. Birmuncha ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan jome masjid “Obod qishloq” dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilinib, o‘zgacha qiyofa kasb etdi. Masjidda, shuningdek, qo‘shimcha binolar, kutubxona, tahoratxona barpo etildi.

Qurilish, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishish, yaqinlashib kelayotgan saylov tadbirlari oldidan namozxonlar bilan uchrashish va uzoq hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qib berish dasturining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov 20 dekabr kuni “Jo‘sh ota” jome masjidida bo‘lib, juma namozini o‘qib berdi.
Jomboy tumanida diniy soha vakillarining mehnatlari e'tirof etildi
Bugungi kun davr talabi barcha sohalar kabi diniy soha vakillari oldiga ham bir qator muhim vazifa va talablarni qo‘ymoqda. Islom dini ravnaqi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan imom-xatib va imom noiblar qatoriga keyingi vaqtlarda mahalla mullalari hamda otinoyilar ham qo‘shilib, o‘zlarining ilm va tajribalarini kishilar diyonati, Vatan ravnaqi, Yurt obodligi, xalq farovonligi uchun sarflab kelmoqdalar. Ularning ham mehnatlarini e'tirof etgan holda munosib taqdirlash maqsadida bugun, 20 dekabr kuni Jomboy tumanida faoliyat yuritayotgan mahalla mullallari va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Aholiga sof islom ta'limotlarini yetkazish, bid'at va xurofatlarga barham berish, aholini, ayniqsa yoshlarni ona vataniga sadoqatli, imon-e'tiqodli, odob va axloqli bo‘lib voyaga yetishlari, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish tamoili asosida diniy-ma'rifiy ishlarni olib borish sohasida faollik ko‘rsatgan bir guruh mahalla mullalari: Isoqov Tojiboy, Ashurof Abyudug‘ani, Bo‘riyev Barot, Ergashev Suyun va Abrorov Odillar va otinoyilardan Satimova Himoyat, Samarova Istoda, Tursunqulova Rafoat, Rustamova Farida va Hukumova Asolatlar Jomboy tuman bosh imom-xatibligi tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga yil davomida amalga oshirgan samarali tashviqot va targ‘ibot ishlari uchun esdalik sovg‘alari ulashildi.
Umra ibodatlaringizni Alloh taolo qabul qilsin!
Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ilohim ko‘payishda davom etaversin!
Umra ibodatining o‘ziga xos bir qancha fazilatlari bor. O‘shalardan biri gunohlarning o‘chirilishi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilib aytadi:
Qirg‘iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov va qirg‘izistonlik bir guruh ma'muriyat vakillari Umra ziyoratini bajarishdi. Bu haqda saudi-arabia.ru nashri xabar berdi.
Urgut tumanida aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Urgut tuman 31-son musiqa maktabida 200 kishidan iborat aholi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tumanning huquq-tartibot tashkilotlari rahbarlari qatnashgan ushbu yig‘ilishda sinov muddatida bo‘lgan shaxslarni qayta jinoyat qilmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev hayotda shukronalik bilan yashash, farzandlar tarbiyasiga e'tibor berish masalalarida oyat va hadislar bilan misol keltirib, tegishli maslahatlarni berdi.
SamDU talabalari Prezident bilan Yaponiyada uchrashdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘zbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
E'tirofli jihati, Nagoya universitetida tahsil olayotgan 30 nafar iste'dodli hamyurtlarimiz orasida Samarqand davlat universitetidan o‘qishga yuborilgan ikki nafar talaba ham bor.
Yaponiyada o‘qishini davom ettirayotgan samarqandlik talabalarning Sh.Mirziyoev bilan uchrashuvi taassurotlari haqida so‘radik.
Diniy idora raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay'atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay'at a'zolari, Diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etdi.
Tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashaylik
Urgut tumanidagi 85-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan Urgut tuman “Bog‘ishamol” jome masjidi imom noibi Latipov Mahmud uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Endigina ilm saboqlarini olayotgan bolalarda ilmga nisbatan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish borasida hamda odob va axloqning inson ziynat ekanligi, ota-ona, ustozlarni hurmat qilish, ularga itoat etish haqida tushunchalar berildi.
“...Mening bu masjidimda o‘qilgan bir rakat namoz mingta namozdir”
Masjidi Nabaviyning fazilati juda ulug‘dir, uning zikri va sharafi Qur'oni karim va sunnati nabaviyada keltirilgan:
...لَمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى التَّقْوَى مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَنْ تَقُومَ فِيهِ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَنْ يَتَطَهَّرُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ
“...Birinchi kundan taqvoga asoslangan masjid esa, unda turishingizga loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar” (Tavba surasi, 108-oyat).
Ta'ziya bildiramiz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, imom-xatiblar Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Sultonxon Olimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, ulamolar, imom-xatiblar nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi ertaga, Juma kuni soat o‘n birda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idagi “Orlot” jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi




















