Bir oiladagi nizo bartaraf etildi
Oila muqaddas dargoh. Uning tinch, mustahkam, farovon, baxtli bo‘lishi kishilarning saodati, jamiyatning osoyishta va yuksalishidir. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchi yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Dinimiz barpo bo‘lgan oilani bus-butun saqlab qolishga, buzilishining oldini olishga chaqiradi.
Alloh subhonahu va taolo “Niso” surasining 19-oyatida erkaklarga:
“Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa”, deya xitob qilib, oilani buzmaslikka chaqiradi.
Bulung‘ur tumani Kildon mahallasida yashovchi A.Q. xonadonida oilaviy nizo kelib chiqdi. Undan xabar topgan mahalla faollari, jamoatchilik, mutasaddi tashkilot xodimlari hamda “Kildon” jome masjidi imom-xatibi Tolib domla Mamatqulovlar birgalikda tushuntirish ishlarini olib bordi. Natijada A.Q. oilasi bilan murosaga kelib, tinch-totuv yashashga rozi bo‘ldi. Albatta, oilani saqlab qolish masalasi jamiyat a'zolarining barcha bug‘inlariga birdek mas'uliyat yuklaydi. Zero, dinimiz bo‘linish, ajralishni emas, birlashishni, jipslikni yoqlaydi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 16/01/2020 13:22; Ko‘rilganligi: 1051
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 01:55