Qabristonida katta hashar tashkil qilindi
Urgut tuman Mangitobod mahalla qabristonida katta hashar tashkil qilindi. Qabristonning 1200 metr masofadagi hududi devor bilan o‘ralmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun homiylar xisobidan 100 000 000 so‘m mablag‘ sarflandi. Yana 50 000 000 so‘m sarflash rejalashtirilgan. Hashar yo‘li bilan amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishga Mangitabod masjidi imom noibi Islomov Husniddin domla bosh bo‘lmoqda. Hasharda xalqimizga xos hamjihatlik fazilati mavjud. Unda mahallaning yoshu qarisi ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 14:15; Ko‘rilganligi: 1244
Chop etilgan vaqti: 24/03/2025 14:06