Haj va umra vazirligida muloqot o‘tkazildi
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri doktor Solih Bentin taklifiga asosan “Haj–2020” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari va delegatsiya a'zolari Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri o‘rinbosari bilan Abdulfattoh bin Sulaymon uchrashuv o‘tkazdilar.
Manba: Muslim.uz
Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 17:04; Ko‘rilganligi: 1033
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:43