O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yaponiyalik olimlar Islomga kirdi

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Qarishni kechiktirish uchun ilmiy izlanish olib borgan 7 nafar yaponiyalik olimlar Islomni qabul qilib musulmon bo‘lishdi. Bu haqda en.shafaqna.com manbasi xabar berdi.

Olimlar nega musulmon bo‘lganliklarini quyidagicha bayon qildilar:

«Olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijasida, «tabiiy yo‘l» bilan qarishni kechiktirish uchun zaytun va anjirdan foydalanish kerakligini aniqladik. Biz sinab ko‘rgan bir nechta sinovlarda, 7 ta zaytun, 1 ta anjirdan tayyorlangan kremlarimiz haqiqatda qarishni kechiktirganiga guvoh bo‘ldik. Qur'oni Karimda ham zaytun bilan anjirning yoshlikka foydasi borligi yozilgan ekan.

Bundan tashqari, Qur'onda 7 marta zaytun, 1 marta anjir so‘zi zikr qilingan ekan.

Bu narsa tasodif emasligini bilib Islom dinini tanladik. Bizni boshqaryotgan yaratuvchi borligini his qildik. Biz U borliqqa Alloh, deymiz».

Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Islom.uz


Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 16:23;   Ko‘rilganligi: 904
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yaponiyalik-olimlar-islomga-kirdi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 03:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing