Viloyat bosh imom-xatibi masjidlar faoliyati bilan tanishdi
Masjidlar faoliyati, kuz-qishgi mavsumdagi holati, namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Samarqand shahrida joylashgan “Namozgoh” va “Xo‘ja Nisbatdor” masjidlarida bo‘ldi. Masjidlarning holati, tozalik, obodonlashtirish ishlari, xonaqohning issiqligi, tahoratxonalardagi sharoitlar bilan tanishgan viloyat bosh imom-xatibi masjidlar faoliyatini yanada takomillashtirish, namozxon va ziyoratchilar uchun yanada qulayliklar yaratish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalarini berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 03/02/2020 10:28; Ko‘rilganligi: 1016
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 00:35