Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov bugun, 20 fevral kuni Jomboy tuman “Eski Jomboy” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shundan so‘ng ushbu ishga bosh-qosh bo‘layotgan mutasaddilar, tarbiyachi va xodimlar bilan suhbatlashib, bola tarbiyasidagi mas'uliyat haqida so‘z yuritdi hamda farzandlarimizning salohiyatli, ilm va diyonatli, kelajkada xalqi va diniga manfaatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishlarini tilab duoi xayrlar qildi.  

 

Allohga eng sevimli inson, odamlarga ko‘p manfaati tegadigan kishidir

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min misoli maysaga o‘xshaydi. Uni shamol doimo u yoq-bu yoqqa egib turadi. Mo‘minga doimo balo yetib turadi. Kofir misoli Arz daraxtiga o‘xshaydi. Qimirlamay turib, birdan tomiridan qo‘poriladi”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

 

Yurtimiz bo‘ylab tahoratxona va namozxonalar quriladi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi partaliga “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.

 

Haj va umra uchun yangi aviakompaniya ochiladi

Bugun Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida qatnashayotgan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma'lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining “Hidaya Groups” kompaniyasi hamkorligida Hidaya Airlines nomli yangi aviakompaniya ochiladi.

Bu aviakompaniya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida umra safari uchun bevosita parvozlarni hamda “Umrah+“ dasturi bo‘yicha Indoneziya, Malayziya kabi davlatlardan umra safariga boruvchilarning O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini tashkillashtiradi.

Manba: Azon.uz

 

Baxt qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lsin

Islom dini ta'limoti oilaga va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratdi. Alloh taolo oila farog‘ati va farovonligi, tinchligi va mustahkam bo‘lishi, unda tavallud topgan farzandlar barkamol bo‘lishi yo‘lida zarur bo‘lgan barcha tavsiyalarni bayon qilgan. Odatda oilalarda ajrim holati kuzatilganda er xotiniga “Taloq” so‘zini aytadi. Vaholanki,  “Taloq” so‘zi aytilganda Alloh taoloning Arshi larzaga keladi.  Taloq Allohning yomon ko‘rgan halollaridan bo‘lib, u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg‘ambar alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Halol narsalar ichida Alloh uchun eng yomoni taloqdir” (Abu Dovud, ibn Moja, Hokimlar rivoyati).

 

Viloyat vakilligida imom-xatiblar ishitrokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar, tuman bosh imom-xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjidlarining imom-xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov ham ishtirok etdi. D.Mamadqulov so‘zga chiqib, viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlash, diniy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholi orasida diniy ekstremizm va terrorizm holatlarini oldini olish, viloyatda muntazam ravishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, oilalarni mustahkamlash, maxsus hisobdan chiqarilgan va afv etilgan shaxslar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, har birining oilasi va farzandlarining tarbiyasi, ularning ta'lim olishi, to‘garaklarga jalb etilishi yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

 

Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga jo‘nab ketdi

Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyatidan 242 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘l oldilar. Keyingi vaqtlarda Umra safariga borish niyatida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Albatta bundan xalqimiz xursand. Ushbu mamnuniyatni ziyoratga otlangan yurtdoshlarimizning yuzlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ularni viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi hamda imomlar, mas'ul tashkilotlarning vakillari, ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qo‘ydilar. Ularning haqlariga duolar qilinib, safar davomida ibodat va duolari ijobat bo‘lishini hamda yurtimiz va xalqimiz haqlariga duo qilishlari so‘raldi.  

 

Urgut tumanidagi “Bog‘ishamol” masjidida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda

Yaratganga  shukrlar bo‘lsinki, yurtimizdagi masjidlar kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘plab masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilayotgan bo‘lsa, bir qanchasi tubdan yangidan qurilmoqda. Samarqand viloyati Urgut tumanida bugungi kunda 9 ta masjidda qayta qurish, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 2018 yilda tumandagi “Bog‘ishamol” masjidida yangi bino qurilishi boshlangan edi. Bugunga kelib masjid binosi qad rostlagan, tom qismi yopilgan bo‘lib, gumbaz, eshik-romlar o‘rnatilgan. Mahalliy, qo‘li gul ustolar tomonidan pardozlash, jihozlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Masjid imom-xatibi Samiyev Abdukarimning ta'kidlashicha masjid 2021 yil mustaqillik bayrami arafasida namozxonlarga tuhfa qilinishi rejalashtirilgan. Unda 4500 nafar namozxon o‘z ibodatlarini ado etish imkoniga ega bo‘ladi. Albatta masjidlarni obod etish hamda ularni ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Masjidga ibodat qilish uchun kelgan xalqimiz ona-Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligini so‘rab, duo qilishadi.

 

Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin!

Samarqand viloyatidan Umra ziyoratiga borgan 196 nafar ziyoratchilarimiz Madinai munavvara shahridagi tabarruk maskanlarni ziyorat etib, bugungi kunda Makka shahrida bo‘lib turibdilar. Umra ziyoratlarini ado etayotgan yurtdoshlarimizning kayfiyatlari a'lo darajada. Ularga rahbarlik qilayotgan guruh rahbarlari ziyoratchilarimizning ibodatlarini mukammal ado etishlari, mehmonxona va ttransport xizmatlari, taomlanishlarida qiyinchiliklarga uchramasliklari uchun sa'y-harkat qilmoqdalar.

 

SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilarining bilim va saviyasini yanada oshirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan xabardor etish hamda ish jarayoniga ma'suliyat bilan yondashish maqsadida 2019 yil 16 sentyabrdan boshlab 2 hafta (72 soatlik) malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekistonda uchta bank islomiy moliyalashni joriy qilishga o‘tyapti

2020 yilda O‘zbekistonda 3ta bankda islomiy moliyalash joriy etilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov ma'lum qildi.
Bugun, 4 fevral kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasida qonun loyihalari yuzasidan navbatdagi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi majlis kun tartibidagi birinchi masala bo‘ldi.

 

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rnibosari “Darg‘om” masjidida juma namozida ishtirok etdi

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi N.Islamovlar bugun Samarqand shahridagi “Darg‘om” jome masjidida juma namozini ado etdilar. Tashrif jarayonida masjidda mo‘min-musulmonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imom-xatiblar va masjid xodimlarining faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi. Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari masjid jamoa ahli bilan ham uchrashib, hozirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, muqaddas dinimiz, mo‘min-musulmonlar ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – doimo shukronalik bilan hayot kechirish mo‘minning imoni komil ekanining dalolati ekani haqida gapirdi.

Juma namozini ado etish uchun kelgan namozxonlar Xayrullo domlaning “Kechirimlilik – mo‘minga xos” mavzusidagi ma'ruzasidan bahra oldilar.

Juma namozi ado etilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

 

Imom Moturidiy majmuasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Xabaringiz bor shu yilning 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimi tashkil etildi.

Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing