“Domla Kamoliddin Oxun” masjidida o‘zgarishlar kutilmoqda
Viloyat vakilligi o‘z oldiga markazdan uzoq, chekka hududlarda joylashgan majidlar bilan tanishish, namozxonlar bilan uchrashish kabi vazifalarni qo‘ygan. Shunga asosan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumanidagi “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidida bo‘ldi.
Ushbu maskanda XIX asrda kichik xonaqoh va hujralar qurilgan. 2002 yilda esa hashar yo‘li bilan 70 kishiga mo‘ljallangan jome masjid qurilib, shundan buyon rasmiy faoliyat yuritib kelmoqda. Masjid binosi ko‘zdan kechirilganda ancha o‘z ko‘rkini yo‘qotgan va qayta ta'mirlash zarurati paydo bo‘lgani ma'lum bo‘ldi. Yer resurslari, geodeziya va davlat kadastri viloyat boshqarmasi mutaxassilarini ushbu manzilga taklif etildi. Namozxonlar va aholining taklif va mulohazalari hamda mutuxassilarning xulosalardan so‘ng masjid binosi mablag‘ va sharoitga qarab qayta qurilishi yoki tubdan ta'mirlanishi rejalashtirilmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/02/2020 18:14; Ko‘rilganligi: 1124
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:47