O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bosh imom-xatiblarning Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

 
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Respublikamizdagi barcha viloyat, shahar va tuman bosh imom-xatiblarining ikki haftalik malaka oshirish o‘quvlari bugun nihoyasiga yetdi. O‘quv yakunida tinglovchilardan yakuniy test sinovlari olinib, unda yaxshi natija ko‘rsatgan imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi.

Test sinovlari 100 ballik tizimda bo‘lib o‘tdi. Unda eng yuqori ball olganlar markaz rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham bor. U kishi yakuniy test sinovlarida eng yuqori – 100 ballni qo‘lga kiritdilar.

Samarqand viloyat vakilligi xodimlari hamda viloyatdagi barcha diniy soha vakillari nomidan domlani muborakbod etamiz. Muqaddas dinimiz, musulmonlar xizmati hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bundan buyon ham o‘z bilim va malakasi bilan hormay-tolmay ximzat qilishida Alloh taolodan kuch-quvvat ato etishini so‘raymiz.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/01/2020 11:14;   Ko‘rilganligi: 1154
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bosh-imom-xatiblarning-malaka-oshirish-oquvlari-yakunlandi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2025 13:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing