239 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi
Bugun 239 nafar samarqandlik muborak “Umra” ziyoratini ado etish uchun Samarqand shahridan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Ziyoratchilarga viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Xayrullo Sattorov va Samarqand shahar bosh imom–xatibi N.Islamovlar ziyoratchilarimizga Umra amallari, safar odoblari haqida tushunchalar berib, ularning haqlariga duo qildilar.
Ziyoratchilar bugun 18:00 da “Toshkent-Jidda” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib, Madina shahriga yetib borishadi va bir necha kundan so‘ng Makkai mukarramaga yo‘l oladilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 29/01/2020 10:53; Ko‘rilganligi: 911
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 08:02