Botil aqidalardan ehtiyot bo‘ling!- Usmonxon MUHAMMADIYEV
Imom Moturidiy kurash olib borgan botil toifalarning avvalida, shubhasiz, mu'taziliylar turgan. O‘sha paytda mamlakatda mu'taziliylar aqidasi yoyilib borar va ularning safdoshlari kundan kunga ko‘payar edi.
Joylarda imom-xatiblar bilan ochiq muloqot va samimiy suhbat tashkil etildi
Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahar, Samarqand tuman imom-xatiblari va imom-noiblari bilan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov hamda o‘rinbosarlari X.Sattarov, Yo.Mansurovlar “IMOM MOTURIDIY ADASHMAGAN” mavzusida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Ruhiy istaklar kamaysa, moddiy istaklar ko‘payadi
Ochko‘zlik ham zehnni zaiflashtiradi, ruh va aqlni parda bilan o‘rab tashlaydi. Bu hol nafsni tarbiyalash va uni nuqsonlardan xalos etishga to‘sqinlik qiladi. Bu bilan inson odamiylikdan hayvoniylikka yuz tutadi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida:
Nishonga urilgan gaplar: O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma
Zaif inson ustidan qozonilgan g‘alaba mag‘lubiyatga tengdir.
Tarix muhrlagan so‘zlar
***
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq – zamon talabi
XXI yuz yillik axborot asri bo‘lib, hozirgi davr avlodi globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan zamonda yashamoqda. Aynan yosh avlod turli ko‘rinishdagi g‘oyaviy xurujlar nishoniga aylangani ham hech kimga sir emas.
O‘zbekistonda xattotlik maktablari ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoev 29 yanvar kuni Toshkent Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tashrif doirasida o‘tgan bino taqdimotida prezident Mirziyoev O‘zbekistonda xattotlik san'atini rivojlantirish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
ESKI SHAHARDAGI YANGI TARIX
Munosabat
Taraqqiyotni belgilaydigan omillar ko‘p, sabablar bisyor. Lekin bu sabab va omillarning hech biri ilm va bilimchalik abadiy, ma'rifatchalik mangu emas. Bugungi farovon hayot, saodatli kunlar, yuksak texnika asri, hech shubhasiz, ilmga asoslangan taraqqiyotning mahsulidir.
Toshkent Islom instituti talabasi Qur'on qiroati bo‘yicha ijoza oldi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasi 4-kurs talabasi Abdulhay Oxunjonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan ijoza oldi.
Kimki boshqalarga marhamatli bo‘lmas ekan
Marhamat (rahmdillik) ham go‘zal axloqqa kiradi. Marhamat degani, boshqalarga achinish tuyg‘usidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
من لا يرحم لا يرحم (راموز الاحاديث: 12/446)
«, u ham marhamat ko‘rmaydi». Ya'ni Allohning marhamati va rahmatiga erishmaydi, balki Uning balosi va jazosini tortadi. Demakki, inson rahmdil, marhamatli bo‘lishi kerak!
Samarqandlik imom-xatiblar oliy Ma'had talabalari bilan uchrashdi.
18 yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyat, tuman va shahar bosh imom-xatiblari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ikki xaftalik malaka oshirish o‘quv kursini boshlangan edi.
Kofir deyishdan qattiq ehtiyot bo‘ling!
Bugungi kunda, internet, yanada aniqrog‘i ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab insonlarning hayot maydoniga aylanib qoldi. Afsuski, ular bu hayotning noreal ekanligini anglab yetishmayapti. Achinarlisi, mana shu sohta hayotlarida, o‘zlari mutlaqo ilmga ega bo‘lmasdan, nodonlarcha u yer, bu yerdan eshitgan gaplariga asosan axmoqlikka qo‘l urib, musumlmonlarni, bo‘lganda ham Islom ulamolarini kufrda ayblashib, qattiq gunohga botishmoqda. Xo‘sh, dinimiz shariatiga ko‘ra bir insonni kufrda ayblab, uni kofir deyishning hukmi qanday?
Islom dini ta'limotiga ko‘ra, Allohning yagonaligi, Payg‘ambar alayhissalom Uning elchisi ekaniga iymon keltirgan, islom diniga e'tiqod qiladigan har qanday kishi mo‘min hisoblanadi. Hech kimga insonning iymonini o‘lchash, uning musulmon yoki kofirligini aniqlash huquqi berilmagan. Chunki iymon qalbda bo‘ladi. Qalb esa faqat Allohning hukmidadir. Alloh taolo bu haqda O‘z Kalomi Qur'oni karimida shunday marhamat qiladi:
Muftiy hazratlari bilan Hadis ilmi maktabida muloqot bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, 23 yanvar kuni joylarda amalga oshirilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar va mo‘min-musulmonlar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatida bo‘lib turibdilar. Mehmonlarga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov hamrohlik qilmoqda. Tashrif avvalida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, u yerda buyuk muhaddisning “Sahihul Buxoriy” asarining xatmi yakunlanib, Qur'oni karim oyatlari tilovatidan so‘ng ezgu duolar qilindi.
Shundan so‘ng muhtaram mehmonlar Hadis ilmi oliy maktabi o‘qituvchi va talabalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar. Ochiqlik va samimiylikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaning rivojlantirish bo‘yicha Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va mazkur islohotlarning zamirida Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lgan diyorimizning mavqe'ini yanada oshirish zarur ekanini alohida ta'kidladilar.
Muloqot yakunida muftiy hazratlari muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan ishonch va shart-sharoitlar o‘zining natijasini berayotganini ta'kidlab, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdoddarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rgatish hamda dinimiz asoslari, hadis ilmlarini mukammal o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlash maqsadida muhim tavsiyalarini berdilar.
Muftiy hazrat boshchiligida xatmi Buxoriy o‘qildi
Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida Imom Buxoriy ziyoratgohida indoneziyalik insonlarning iltimosiga binoan ado etilgan “Sahihul Buxoriy” kitobining xatmonasida ishtirok etdilar. Marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etdi.
Xatmi Buxoriy xatmonasini muftiy hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh mo‘tabar ulamolar qatorida Hadis ilmi oliy maktabi ustozi, misrlik olim Shayx Mahmud ham o‘qib berdilar.
Shundan so‘ng xatmona yakunida yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarimizga qut-baraka, butun dunyo, jumladan diyorimiz turli balo va ofatlardan omonda bo‘lishini so‘rab duolar qildilar.
Mo‘tabar manbalarda Imom Buxoriy hazratlarining «Sahihi Buxoriy» to‘plamlarini o‘qib chiqish orqali ham turli baloyu ofatlardan saqlanish mumkinligi qayd etilgan.
Shunday ekan, Alloh taolo tez va qisqa fursatda yurtimizdan bu baloni ko‘tarib, ma'mur va farovon hayotimiz iziga tushib ketishini nasib etsin. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yurtdoshlarimizga shifoi komil bersin, muhtaram Prezidentmiz tomonlaridan boshlangan oqilona islohotlarimizni oxiriga yetkazishni nasib etsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin.
Bir savol so‘rasam: Ayol kishi taloq talab qilsa bo‘ladi-mi?
— Ayol kishi qachon va qanday holatda eridan taloq so‘rashi mumkin? O‘zini o‘zi ham taloq qilsa bo‘ladi, deb eshitdim. Shunga aniqlik kiritib bersangiz.




















