O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 9 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Pastdarg‘osm tumanidagi mavjud 24 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tuman “Nurul Islom” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Pastdarg‘om tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishni Viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, o‘rinbosari X.Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda yaqinlashib kelayotgan ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilarga bayram dasturxoni yozildi va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan duoi xayrlar qilindi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/03/2021 21:03;   Ko‘rilganligi: 985
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/pastdargom-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing