O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Eng obod masjid” va “Yil imomi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

 
 

Bugun, 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2020” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora mas'ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Eng obod masjid” va “Yil imomi” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ko‘p ovoz olgan nomzodlar g‘olib deb topildi.

“Eng obod masjid” yo‘nalishi:
1-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi;
2-o‘rin. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidi;
3-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidi.


“Yil imomi” yo‘nalishi:
1-o‘rin. Andijon viloyati Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov;
2-o‘rin. Toshkent shahar Olmazor tumani “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Is'hoqjon Begmatov;
3-o‘rin. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome masjidi imom-xatibi Soliyev Muhammadjon.

Alloh taolo mukofotlarni muborak aylasin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/03/2021 18:27;   Ko‘rilganligi: 1637
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/eng-obod-masjid-va-yil-imomi-tanlovi-goliblari-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing