IHT Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi delegatsiyasi Xo‘ja Ismoil shaharchasida
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan ayni kunlarda Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining oltinchi seminari bo‘lib o‘tmoqda.
SHUKURJON ZUHUROVNING TASHRIFI
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov 8 oktyabr kuni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.
“Vaqf” fondi yana bir oilaga yordam berdi
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali hamda filialga qarashli “Hazrati Dovud” ziyoratgohi xodimlari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida yashovchi Fozilov Abdurahimning yashayotgan uyining tom qismi to‘liq ta'mirlab berildi. Bir qismi qismi shifer, qolgan joylari loy suvoq bo‘lgan tom to‘liq tunuka bilan yopildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yetti million ikki yuz ming so‘m pul sarflandi.
Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
1856 yili Toshkentda ulamo oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdulmajidxon eshon taniqli olim, mashhur “Mo‘yi Muborak” madrasasi mudarrisi, bobosi Yunusxon ibn Ayubxon mudarris va shayxulislom bo‘lishgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasidagi mashhur ustozlardan, xususan, Domla Ikromchadan tahsil oldi. Umr bo‘yi ilm talabida bo‘lib, tafsir, hadis, aqida, fiqh ilmlari bilimdoni, Movarounnahrning atoqli olimlari va din arboblaridan bo‘lib yetishdi. Bir necha yil “Mo‘yi Muborak” jomeida imom-xatib va mudarris bo‘ldi, naqshbandiya tariqati sulukini yuritdi.
Islom insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga undaydi
Yurtimizda barcha sohalar kabi diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda har bir imom-xatib o‘z bilim va salohiyati bilan din rivoji va xalq farovonligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmog‘i lozim.
Bolalarga xursandchilik ulashildi
Qo‘shrabot tumani “Qovunchi” mahallasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan oilaniing uch nafar farzandi va kam ta'minlangan yana uch nafar oilalarning farzandaliriga “Qovunchi” jome masjidi imom xatibi Ahmedov Amriddin homiylar bilan birgalikda 6 dona velosiped ehson qildi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni orasida
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari jahonning eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatidan joy oldilar. Bu haqda «The muslim 500» nashri xabar bermoqda.
Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro‘yxati e'lon qilindi.
Ushbu ro‘yxat 2009 yildan beri Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda chop etib kelinadi.
Nochor oilaga imom xatib ko‘magi bilan uy qurilmoqda
Dili o‘ksik faqir kambag‘allarga, nochoru nogironlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ular bilan birga o‘tirish va do‘stona munosabat o‘rnatish, kerak bo‘lganda ularga suyanchiq bo‘lish, bular—islom va musulmonchilikning ruhiyati, mag‘zidir.
Muftiy hazratlari mehnat migrantlari bilan uchrashdi
24 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rossiya Federatsiyasi safarlari davomida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdilar.
Saxiylik eng yaxshi fazilat
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali o‘z tasarrufidagi ziyoratgohlar bilan hamkorlikda joylarda muhtoj insonlar holidan xabar olib, ularning qalbiga xursandchilik olib kirish maqsadida bir qancha tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Imomning dalolati bilan fuqarolar muammosi hal bo‘ldi
Saydullo domla Ro‘ziyev 16 yildan beri Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Qoriravot” jome masjidida xizmat qilib keladi. Mahalla ahlini yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishda, islom ma'rifatini yetkazishda xolis mehnat qiladi.
BMT maxsus ma'ruzachisi Imom Buxoriy majmuasi va Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya 23 sentyabr kuni Samarqandga keldi.
Maktab o‘quvchilariga “Sahihul Buxoriy” kitobi hadya qilindi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Mergan ota” jome masjidi imom xatibi Uvaytov Ortiq masjid xodimlari bilan tumandagi 40-o‘rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi. Imom xatib o‘quvchi yoshlar bilan ustozning martabasi haqida suhbatlashdi.
Otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Bugun Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Mashg‘ulotlar Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida ikkita hududiy guruhga bo‘lingan holda olib boriladi.
“Sahihul Buxoriy”ning darsi boshlandi
Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutining 3 va 4-bosqich talabalari bu yilgi o‘quv rejaga binoan Imom Buxoriy rahimahullohning “Sahihul Buxoriy” hadislar to‘plamini to‘liq o‘qib chiqishi rejalashtirilgan.




















