O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imomning dalolati bilan fuqarolar muammosi hal bo‘ldi

 
 

Saydullo domla Ro‘ziyev 16 yildan beri Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Qoriravot” jome masjidida xizmat qilib keladi. Mahalla ahlini yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishda, islom ma'rifatini yetkazishda xolis mehnat qiladi. 

qinda uning huzuriga masjidni zamonaviy qayta ta'mir qilish taklifi bilan bir kishi kelganida, imom-xatib: hozircha masjid holati ta'mirga muhtoj emas, buning o‘rniga mahallamizdagi muammolari mavjud xonadonlarga yordam bersangiz undanda ko‘proq savobga erishasiz, deya muruvvat ko‘rsatishga targ‘ib etdi. Va buning uchun ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuzilgan 2-hududiy ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etdi. Yig‘ilishda fuqarolarning turli murojaatlari o‘rganilmoqda. Muammolar ko‘p: ularning aksari qarzdorlik, moddiy yetishmovchilik bilan bog‘liq. Jarayonning bevosita guvohi bo‘lgan mehmon ikkita oilaning muammolarini o‘zi hal etib berishini zimmasiga oldi. Bir kishining to‘g‘ri tadbir bilan yaxshilikka dalolati sabab qaysidir xonadonning mushkulotlari aridi. 

Tolha ibn Ubaydulloh ibn Kurayzdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir ma'ruf sadaqadir. Yaxshilikka dalolat qiluvchi xuddi uni qiluvchi kabidir», deya marhamat qilganlar.

 

Manba: muslim.uz (O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi)


Kiritilgan vaqti: 25/09/2019 11:10;   Ko‘rilganligi: 1109
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imomning-dalolati-bilan-fuqarolar-muammosi-hal-boldi
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 16:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing