O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon

 
 

1908 yili Toshkent shahrida o‘z davrining ulug‘ olimi Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon xonadonida tug‘ilgan. Hakim qori domla, Baxodirxon maxdum, Shayx Alouddin, Jamol hoji va boshqa ustozlardan ta'lim oladi. 12 yoshda Qur'on hofizi bo‘lgan. 1920 yili Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasiga o‘qishga kirib, hadis va fiqh ilmini o‘rganadi. 1943 yili tashkil etilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasiga mas'ul kotib, 1947 yili O‘zbekiston qozisi etib saylanadi.

1947-1948 yillari Qohiradagi “Al-Azhar” dorilflunida, so‘ngra Makka va Madina shaharlarida tahsil oladi. 1948 yili mintaqa musulmonlari diniy boshqarmasi raisi noibi, 1957 yili otasining (rahimahulloh) vafotidan so‘ng esa rais etib saylandi va umrining oxiriga qadar ana shu vazifada samarali ishladi. Rahbarligi davrida Qur'oni karim va boshqa diniy kitob-darsliklar chop etildi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (oliy ma'had) ochildi, musulmonlar uchun jurnal, taqvim nashr etila boshlandi. Sobiq SSSR, O‘rdun (Iordaniya), Marokash, Livan mamlakatlari mukofotlariga sazovor bo‘lgan, bir necha asarlari bor. 1982 yili Toshkentda vafot etdi, otasining yoniga dafn qilindi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi kitobidan


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 16:19;   Ko‘rilganligi: 1052
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ziyouddinxon-ibn-eshon-boboxon
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 09:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing