Islom insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga undaydi
Yurtimizda barcha sohalar kabi diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda har bir imom-xatib o‘z bilim va salohiyati bilan din rivoji va xalq farovonligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmog‘i lozim.
Bugun dunyo sahnida kechayotgan voqea-hodisalar, turli jarayonlar hech kimni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa gap tinchlik, totuvlik haqida borganida bunga yana bir bor guvoh bo‘ladi kishi. Dunyoning turli burchaklarida ro‘y berayotgan beqaror vaziyat, manfaatlar to‘qnashuvi va ma'nosiz urushlar ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘layotganidan hammamiz xabardormiz. Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni, Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etishi diniy soha xodimlarining jaholatga qarshi ma'rifat bilan, ya'ni ilm tarqatish bilan kurashishlariga yana bir turtki bo‘ladi.
Payariq tumani “Tohir shayx” jome masjidi imom xatibi Hasanxon Abbasov ham Payariq tumanida tuzilgan ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha targ‘ibot guruhi a'zolari bilan umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida va mahalla fuqarolari bilan hamda muammoli xonadonlar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan uchrashib, diniy-ma'rifiy suhbatlar olib bormoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 05/10/2019 15:52; Ko‘rilganligi: 1127
Chop etilgan vaqti: 22/01/2025 04:11