Musibat kelgan xonadonga Imom-xatib chaqirig‘i bilan yordam ko‘rsatildi
Bemorni ziyorat qilish, holidan xabar olib, xizmatida bo‘lishning fazilati dinimizda nihoyatda ulug‘ amal. Musulmon kishi boshqa birodarining bemorligini bilganida, uni borib ko‘rishi musulmonlarning bir-birlaridagi o‘zaro haqlaridan hisoblanadi.
Hormang paxtakorlar!
Paxta dalalaridan fotoreportaj
Hozir yurtimizda kuz fasli bo‘lganligi sababli dalalarmizda paxta hosili pishib yetilgan. Paxta hosilining ko‘p qismi yig‘ishtirib olindi. Hali ancha paxta dur kabi oppoq bo‘lib, ayni terimga shay bo‘lib turibdi. Bobodehqonning zahmatli mehnatlari samarasi bo‘lgan mana shu mo‘l hosilni birortasini ham nes-nobud qilmagan holda terib olish, sarflangan mehnatning samarasini ko‘rish, uni isrof etmagan holda yig‘ib olish uchun barchamiz qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat'iy nazar birdek harakat qilishimiz zarur.
Diniy idora hayotidagi muhim voqealar yilnomasi.
1971 yil. Muftiy Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Qohiradagi Islom tadqiqotlari akademiyasining VII anjumanida qatnashdi.
* * *
1971 yil. Toshkentda Imom Buxoriy nomli Toshkent oliy ma'hadi ochilib, unda yigirmaga yaqin talaba ta'lim ola boshladi.
* * *
1974 yil avgust. Ulug‘ muhaddis Imom buxoriy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlab Samarqand shag‘rida “Imom Buxoriy va hozirgi zamon” mavzuida ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda jahonning 33 mamlakatidan kelgan din arboblari, yirik olimlar qatnashdi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 21-bet
Narpay tumani “Chaqar” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi oqsoqollarning Kun.uz taxririyatiga yo‘llagan murojaatiga MUNOSABAT
Narpay tumani “Chaqar” qishlog‘ida yashovchi bir guruh oqsoqollar Kun.uz tahririyatiga mahalladagi ro‘yxatdan o‘tmagan masjidni ochilishi yuzasidan murojaat qilgan.
Haqiqatdan ham, mazkur bino bugungi kunda masjid sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.
Murojaat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi tomonidan ushbu fuqarolarga masjidni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan bir necha marotaba tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishga shoshiling!
Ushbu nashrlarni o‘qiganda yurtimiz va dunyo musulmonlari hayoti bilan tanishish barobarida ilm ham o‘rganasiz. Shuningdek, yurtimizdagi eng ko‘p adadda nashr etiladigan "Hidoyat" jurnali va salmoqli adadlarda chop etiluvchi "Mo‘minalar" jurnali va "Islom nuri" gazetasi sizning hamfikrlaringiz sonini ham orttiradi. Siz ushbu nashrlarda o‘z ijodingiz bilan qatnashish imkoniga ham egasiz. Sizning ijodingiz "Gazetxon ilhomi", "Maktublarda manzaralar" va boshqa mavzuga mos ruknlar ostida e'lon qilinadi.
Diniy idora hayotiga oid muhim voqealar yilnomasi
1962 yil. Muftiy Ziyovuddinxon ibn eshon Boboxon Bag‘dodda (Iroq) o‘tkazilgan xalqaro Islom kongressi majlisida qatnashdi.
* * *
1963 yil avgust. Diniy boshqarma taklifiga binoan Hindiston muftiyi, Ulamolar jamiyati raisi, shayx Atiqur Rahmon Usmoniy boshchiligida mehmonlar tashrif buyurdi.
* * *
1968 yil. “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali qaytadan nashr etila boshlandi.
* * *
1968 yil. Qur'oni karim nozil bo‘lganining 1400 yilligi munosabati bilan Toshkentda xattot Mirza Hoshim Xo‘jandiy 1913 yili nasx xatida ko‘chirilgan nusxa asosida Qur'oni karim nashr etildi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 20-bet
Muruvvatli qo‘llar hamisha yordamga shay
Urgut tuman “Shayx Qutbiddinxon” jome masjidi jamoatining moddiy yordami bilan So‘fiyon mahallasida istiqomat qiluvchi moddiy yordamga muhtoj bo‘lib turgan Safarova Gulsara opaga 1220000 (Bir million ikki yuz ming so‘m) yordam puli berildi.
Malayziyalik mehmonlar Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Malayziya Bosh vazirining maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muhammad Yahyo boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar Samarqanddagi ziyoratini Imom al-Buxoriy majmuasidan boshladilar. U joyda dastlab, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hadis ilmi maktabi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarning ziyorati davomida ularga Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi boshqaruv kengashining raisi D.Ermamatovlar hamrohlik qildi.
Diniy idoraga oid Muhim voqealar yilnomasi
1947 yil. Nusxa ko‘paytirish yo‘li bilan “Sovet sharqi musulmonlari” jurnali nashr etila boshladi.
* * *
1948 yil. Hijriy-qamariy hisob bilan musulmonlar taqvimi chop etildi.
* * *
1948 yil dekabr. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining ikkinchi qurultoyi bo‘ldi. Unda Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon diniya nazorati raisining o‘rinbosari etib saylandi.
* * *
1961 yil. Diniy boshqarma qoshida xalqaro aloqalar bo‘limi tashkil etildi.
Bugun Samarqand shahri kuni
Ma'lumki, 1996 yildan boshlab 18 oktyabr “Samarqand kuni“ sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda shahar o‘zgacha shukuh taratadi. Shaharning har burchaklarida bayram kayfiyati kezib yuradi.
Paxta-milliy boyligimiz
Diyorimizda oltin kuz fasli o‘zining o‘zgacha jilosi bilan boshlandi. Azal-azaldan ushbu davr pishiqchilik, mo‘l hosilni yig‘ish va sarflangan mehnat samarasini ko‘rish mavsumi hisoblanadi. Sentyabr oyidan boshlab oq oltin, ya'ni rizqu ro‘zimiz bo‘lgan paxta hosilini terish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishiladi.
Masjidlar yana ham obod bo‘lmoqda
So‘ngi vaqtlarda namozxonlar, mahalliy va xorijiy mehmonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida masjidlarni kengaytirish uchun yangi binolar, zamonaviy tahoratxonalar qurilib, eskilari ta'mirlanmoqda. Samarqand viloyati masjidlarida olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov Samarqand shahridagi “Murod Avliyo” masjidida yangidan barpo etilayotgan tahoratxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi navbatdagi xayriya tadbirini o‘tkazdi
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali navbatdagi xayriya tadbirini fond tasarrufidagi “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasi hamda “Imom Buxoriy” jome masjidi bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Payariq tumani “Xo‘ja Ismoil” mahallasida yashovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironi bor va og‘ir kasallikka chalingan o‘n besh nafar fuqarolarga yog‘, guruch, go‘sht, shakar kabi jami 3 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildilar.
Yaxshilik qiling – shoyadki, najot topsangiz
Musulmon kishi nima uchun yaratilgani, nima qilishi lozimligini yaxshi biladi. Allohga ibodat qilish, insonlarga yaxshilik qilishlik uni ikki dunyo saodatiga olib kelishini yaxshi anglaydi. Unga omonat qilib berilgan yagona fursati bo‘lmish dunyo hayotida, ham dunyosini, ham oxiratini obod qiladi. Chunki, Alloh taolo “Ey, iymon keltirganlar! Ruku' qilinglar, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar – shoyadki, najot topsangiz!” (Haj-77), deb marhamat qilgan.
“Boybul” masjidi yangidan qad rostlamoqda
Urgut tumanida bugungi kunda 61 ta masjid faolit yuritayapdi. Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida tumanda atigi bitta masjid faoliyat yuritgan. Allohga beadad shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Ularda namozxonlarimiz o‘zlarining ibodatlarini emin-erkin amalga oshirmoqdalar. Urgut tumanida hozirgi vaqtda 6 ta masjid tubdan yangidan bino qilinmoqda. Shulardan biri Boybul mahallasida joylashgan “Boybul” jome masjididir. Masjid 2004 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. O‘sha yillari qurilgan xonaqoh kichik hajmli, ko‘rimsiz edi.




















