MASJID VA ZIYORATGOHLARDA HASHARLAR O‘TKAZILMOQDA
Mamlakatimizning barcha hududlari, mahallalar, korxona va tashkilotlar, mehnat jamoalarida bo‘lgani singari bugun erta tongdan Samarqand viloyatidagi barcha masjid va ziyoratgohlarda ham hashar bo‘lib o‘tmoqda.
TAYLOQ TUMANIDA YANGI MASJID QURILISHI BOSHLANDI
Masjidlar barpo etish, obod qilish hamda ularni ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Ko‘plab masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda.
QURBONLIK O‘Z SOHIBINI DO‘ZAXDAN HIMOYA QILADI
Alloh taolo shunday deb marhamat qildi:
“Bas, Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik so‘y” (Kavsar surasi 2-oyat).
Qurbonlik qilishdan maqsad banda Allohning amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir.
Makka shahrida o‘tkazilgan tadbirda vakillarimiz ishtirok etdi
Turkiyaning “Diyonat ishlari boshqarmasi” tomonidan 13 avgust kuni Makka shahrida“Qurbon hayiti” munosabati bilan anjuman o‘tkazildi. Unda yigirmadan ziyod davlatlarning Haj ishlari bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi qurbonlik marosimi o‘tkazdi
Samarqand viloyatining 271 ta jome masjidida erta tong bilan yig‘ilgan jamoat “Qurbon hayiti” namozini ado etdilar. Namozdan so‘ng Alloh taologa duo qilib, ibodatlarni qabul qilishi, gunohlarni mag‘firat etishini, xalqimizga ushbu qutlug‘ ayyomni fayzu barakotli bo‘lishini, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik ne'matini bardavom aylab, xalqimiz faravonligini yanada ziyoda etishini so‘rab duolar qildilar.
Arafot tog‘idan tabrik va duolar
Zulhijja oyining 9 kuni Hojilar Mino vodiysidan Arafotga kelib joylashdilar. Haj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdirHaj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdir.
Samarqandda Qurbon hayiti namozi 271 ta masjidda o‘qiladi
Barchamiz uchun ulug‘ bo‘lgan, Islom olamidagi muborak ayyomlardan biri Qurbon hayitini nishonlash arafasidamiz.
Shodiyona munosabati bilan kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar, Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari tarbiyalanuvchilaridan xabar olish ishlari boshlab yuborildi.
Muftiy hazratlari Samarqandlik hojilar bilan uchrashdi
Kecha, 3 avgust kuni Makka shahrida bo‘lib turgan Samarqand viloyatidan Haj safariga borganlar bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari uchrashdi. Uchrashuv Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda muftiy hazratlari so‘zga chiqib, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etish bilan bog‘liq muhim tavsiyalarni berdi.
BIRINCHI GURUH SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR MAKKA SHAHRIGA YO‘L OLDILAR
Xabaringiz bor 26 iyul kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar yurtdoshlarimiz Muborak Haj amalini niyat qilib, safarga chiqqan edilar. 28 iyul kuni esa viloyatimizdan yana 230 nafar fuqarolarimiz Madina shahriga parvoz qildilar. O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylashgan besh yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylashdi. Haj ibodatini ado etishga mo‘ljallangan safar chog‘ida ziyoratchilar Madina shahrida uch kun davomida “Masjid an-Nabaviy” masjidi, Payg‘ambarimiz alayhissalom ravzalari(maqbaralari)ni, Uhud tog‘i, Qubo, Qiblatayn kabi tabarruk joylarni ziyorat qildilar.
Samarqanddan yana 230 kishi muqaddas Haj ziyoratiga ketdi
Kecha, 28 iyul kuni, erta tongdan viloyatimizdan muqaddas Haj ziyoratiga otlangan bo‘lajak hojilarning 230 kishidan iborat ikkinchi guruhi “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga yo‘l oldi.
Samarqandlik hojilar Madina shahridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi
Viloyatimiz hojilari Madinai Munavvara shahridagi joylashgan Uhud tog‘i, Shahidlar maydoni, Qubo masjidi, Qiblatayn masjidi va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildilar. Ziyoratchilar tashkil etilgan sayohatdan katta taassurotlar bilan Yaratganga shukronalik kayfiyatida ziyoratlarini davom ettirmoqdalar.
Urgut tumanida Hajga boruvchilar tashabbusi bilan kutubxona tashkil etildi
Ma'lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma'naviyat va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Bir zamonlar dunyoning hech bir joyida o‘qish-yozish bo‘lmaganida musulmon yurtlarda hamma yozishni bilgan. Qo‘lyozma shaklida son-sanoqsiz kitoblar tarqalgan. Ba'zi bir musulmonlar o‘n minglab kitoblarga ega bo‘lganlar. Kutubxonalardan keng foydalanish musulmon diyorlarida yaxshi rasm bo‘lgan. Hozirgi kunimizda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari muzeylarida, qo‘lyozma xazinalarida eng qadimiy va eng qimmatli qo‘lyozmalar musulmonlarning qo‘lyozmalariekanining o‘zi fikrimizning yorqin dalilidir.
TUMANLARDA BO‘LAJAK HOJILAR BILAN UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TMOQDA
Xabar berganimzdek “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat hokimligi, O‘MI Samarqand viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan edi. Ular tumanlarda bo‘lib, bo‘lajak hojilarga safarga doir zaruriy ko‘rsatmalar berib, fuqarolarning muborak Haj safaridan qaytganlaridan so‘ng ijtimoiy muhofazaga muhtojlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar bermoqda. Ushbu tadbirlarda tuman va shahar hokimliklari vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman va shahar bo‘linmalari raislari hamda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, masjid imom xatiblari va otinoyilar ishtirok etmoqda.
Hadis ilmi maktabida kirish imtihonlari boshlandi
Bugun, 9 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan kirish ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlarga “Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalarini tushintirish bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazilgan edi.




















