Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
1856 yili Toshkentda ulamo oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdulmajidxon eshon taniqli olim, mashhur “Mo‘yi Muborak” madrasasi mudarrisi, bobosi Yunusxon ibn Ayubxon mudarris va shayxulislom bo‘lishgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasidagi mashhur ustozlardan, xususan, Domla Ikromchadan tahsil oldi. Umr bo‘yi ilm talabida bo‘lib, tafsir, hadis, aqida, fiqh ilmlari bilimdoni, Movarounnahrning atoqli olimlari va din arboblaridan bo‘lib yetishdi. Bir necha yil “Mo‘yi Muborak” jomeida imom-xatib va mudarris bo‘ldi, naqshbandiya tariqati sulukini yuritdi.
1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining yagona diniy boshqarmasi tashkil etilib, bu ishning tashkilotchisi Eshon Boboxon bir ovozdan boshqarma raisi va muftiy etib saylandi.
1957 yili Toshketda vafot qilgan. Hazrati Imom majmuasidagi Abu Bakr Qaffol Shoshiy qabri yaqiniga dafn etilgan.
Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi kitobi, 12 bet.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 07/10/2019 20:24; Ko‘rilganligi: 1375
Chop etilgan vaqti: 16/01/2025 21:07