Axborot xizmati

Bir savol so‘rasam: Namozni necha rakat o‘qiganimga ikkilanib qolganimda nima qilishim kerak?

— Ba'zida namoz vaqtida 3 rakat o‘qidim-mi yo 4 rakat-mi, deb ikkilanib qolaman (xayol bo‘linadi yoki esdan chiqib qoladi). Keyin davom etib ketaveraman, lekin ko‘nglimda xijillik qoladi. Shunday paytda nima qilishimiz kerak? Davom ettiraversam to‘g‘rimi yo boshidan o‘qish kerak-mi?

 

Joylarda qurilish ishlari bilan tanishildi

Bugun, 16 fevral kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Qirovul” masjidida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, namozxonlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida masjid taxoratxonasining yangi, zamonaviy binosi tez fursatdda qurib bitkazilishi va namozxonlar ixtiyoriga topshirilishini aytib qurilish uchun kerak bo‘ladigan jihozlarni vakillik tomonidan yuborilishini aytib o‘tdilar. Shundan so‘ng, Yoqubjon domla Mansurov Paxtachi tumanida joylashgan “Bolg‘ali” masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar va qurilish-montaj ishlarini milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan alohida tavsiyalar taqdim etdilar.

 

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mavjud 31 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tuman “Qalandarxona” masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

Ota-ona duosi

Islom dini ta'limotlarida yosh avlodni ota-ona duosini olishga targ‘ib qilinadi. Solih farzand uchun ota-ona duosidan yaxshiroq narsa bo‘lmasa kerak.

 

Botil aqidalardan ehtiyot bo‘ling!- Usmonxon MUHAMMADIYEV

Imom Moturidiy kurash olib borgan botil toifalarning avvalida, shubhasiz, mu'taziliylar turgan. O‘sha paytda mamlakatda mu'taziliylar aqidasi yoyilib borar va ularning safdoshlari kundan kunga ko‘payar edi.

 

Joylarda imom-xatiblar bilan ochiq muloqot va samimiy suhbat tashkil etildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahar, Samarqand tuman imom-xatiblari va imom-noiblari bilan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov hamda o‘rinbosarlari X.Sattarov, Yo.Mansurovlar “IMOM MOTURIDIY ADASHMAGAN” mavzusida ochiq muloqot tarzida uchrashuv  o‘tkazdi.

 

Ruhiy istaklar kamaysa, moddiy istaklar ko‘payadi

Ochko‘zlik ham zehnni zaiflashtiradi, ruh va aqlni parda bilan o‘rab tashlaydi. Bu hol nafsni tarbiyalash va uni nuqsonlardan xalos etishga to‘sqinlik qiladi. Bu bilan inson odamiylikdan hayvoniylikka yuz tutadi.

 

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida:

 

Nishonga urilgan gaplar: O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma

Zaif inson ustidan qozonilgan g‘alaba mag‘lubiyatga tengdir.

Tarix muhrlagan so‘zlar

***

 

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq – zamon talabi

XXI yuz yillik axborot asri bo‘lib, hozirgi davr avlodi globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan zamonda yashamoqda. Aynan yosh avlod turli ko‘rinishdagi g‘oyaviy xurujlar nishoniga aylangani ham hech kimga sir emas.

 

O‘zbekistonda xattotlik maktablari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 yanvar kuni Toshkent Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tashrif doirasida o‘tgan bino taqdimotida prezident Mirziyoev O‘zbekistonda xattotlik san'atini rivojlantirish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

ESKI SHAHARDAGI YANGI TARIX

Munosabat

Taraqqiyotni belgilaydigan omillar ko‘p, sabablar bisyor. Lekin bu sabab va omillarning hech biri ilm va bilimchalik abadiy, ma'rifatchalik mangu emas. Bugungi farovon hayot, saodatli kunlar, yuksak texnika asri, hech shubhasiz, ilmga asoslangan taraqqiyotning mahsulidir.

 

Toshkent Islom instituti talabasi Qur'on qiroati bo‘yicha ijoza oldi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasi 4-kurs talabasi Abdulhay Oxunjonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan ijoza oldi.

 

Kimki boshqalarga marhamatli bo‘lmas ekan

Marhamat (rahmdillik) ham go‘zal axloqqa kiradi. Marhamat degani, boshqalarga achinish tuyg‘usidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

من لا يرحم لا يرحم (راموز الاحاديث: 12/446)

«, u ham marhamat ko‘rmaydi». Ya'ni Allohning marhamati va rahmatiga erishmaydi, balki Uning balosi va jazosini tortadi. Demakki, inson rahmdil, marhamatli bo‘lishi kerak!

 

Samarqandlik imom-xatiblar oliy Ma'had talabalari bilan uchrashdi.

18 yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyat, tuman va shahar bosh imom-xatiblari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ikki xaftalik malaka oshirish o‘quv kursini boshlangan edi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing