O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda Imom Buxoriy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi

 
 

Ertaga, 15 mart kuni Samarqand viloyatida “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.

Nufuzli xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bag‘ishlanadi:

1. Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari;

2. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni ta'minlashdagi o‘rni;

3. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar va o‘zgarishlarni targ‘ib qilish.

Xalqaro anjumanda o‘z ona tilida chiqish qilgan har bir ma'ruzachining nutqi tarjimonlar tomonidan tegishli tillarga tarjima qilinadi.

Ushbu xalqaro tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2021 12:30;   Ko‘rilganligi: 907
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-imom-buxoriy-merosiga-bagishlangan-xalqaro-anjuman-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing