Xalqaro anjumanning yakuniy bayonoti qabul qilindi
Bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasida diniy-ma'rifiy sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrida “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xosxususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda qardosh xalqlar diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar qatnashdi.
Tojikiston va Afg‘onistonning taniqli ulamolari xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga keldi
Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar Samarqandga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi delegatsiyasini “Jartepa” chegara maskanida kutib oldilar.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon qori Ishmatbekov Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan anjumanga Afg‘oniston Haj va Vaqf ishlari vaziri boshchiligidagi ulamolarni Surxondaryo viloyatida kutib oldi.
Bugun mehmonlar Samarqand viloyatidagi muborak qadamjolarni ziyorat qiladilar.
Samarqandda Imom Buxoriy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi
Ertaga, 15 mart kuni Samarqand viloyatida “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.
Xo‘ja Is'hoqi Vali ziyoratgohi obod qilinadi
Samarqand shahar Bog‘ibaland mahallasi hududida joylashgan Xo‘ja Is'hoqi Vali masjidi yonida Xo‘ja Is'hoqi Vali ziyoratgohi barpo etiladi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Dilshod Narziqulov ma'lum qildi.
Muftiy hazratlari muhtasham jome masjidning ochilishida ishtirok etdilar
Bugun, 13 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo etilgan “Urgut” markaziy jome masjidining ochilish marosimida ishtirok etdilar. Mehmonlarga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam hoji Jamilov hamrohlik qildi.
Masjidning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Urgut tumani hokimi Botir Jabborov, taniqli ulamolar, tajribali imom-domlalar, mo‘ysafid otaxonlar, viloyat mutasaddilari va yuzlab namozxonlar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida qurbonlik so‘yildi va Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi
Fayzli tadbirda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari masjid jamoasini mahobatli jome bilan muborakbod etdilar, muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar va ulkan islohotlar haqida so‘zlab berdilar. Ayniqsa, masjid-madrasalarni obod etilishi, qadamjoyu-ziyoratgohlarni go‘zal holatga keltirilishi, mo‘min-musulmonlarimizga keng imkoniyatlar berilayotganini batafsil gapirib berdilar. Mana shunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan namozxonlarimiz cheksiz mamnunliklarini o‘z so‘zlarida izhor etdilar va quvonchlari yuz-ko‘zlaridan yaqqol namoyon bo‘ldi.
Ma'lumot o‘rnida, yangi masjid qiblasi mutaxassislar quyoshning yozgi eng so‘nggi botish va qishdagi eng so‘nggi botish nuqtalari hisobga olinib, ushbu ikki nuqta orlig‘i uch qismga bo‘lib, chap tomondagi bo‘lak belgilandi. Shuningdek, kechasi Oltin qoziq yulduziga qarab mo‘ljal olindi.
O‘zbekiston va Rossiya muftiylari onlayn muloqot o‘tkazdilar
Shu yil 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rossiya markaziy diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Tal'at Tojiddin bilan onlayn muloqot o‘tkazdilar. Unda ikki davlat diniy idoralari mas'ul xodimlari, Rossiya islom universiteti rektori Artur Suleymanov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov ham qatnashdi.
Onlayn muloqot Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. Unda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Shayx Tal'at Tojiddinning 40 yillik muftiylik faoliyati davomida katta ishlar amalga oshirgani, ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini alohida qayd etdilar. Kelgusida ham diniy soha xodimlari va talabalarining o‘zaro tajriba almashishi va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhokama qilindi.
“Eng obod masjid” va “Yil imomi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun, 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2020” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora mas'ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Eng obod masjid” va “Yil imomi” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ko‘p ovoz olgan nomzodlar g‘olib deb topildi.
Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 9 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Pastdarg‘osm tumanidagi mavjud 24 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tuman “Nurul Islom” masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Pastdarg‘om tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishni Viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, o‘rinbosari X.Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.
Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.
Shu bilan bir qatorda yaqinlashib kelayotgan ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilarga bayram dasturxoni yozildi va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan duoi xayrlar qilindi.
Navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.
Zayniddin Eshonqulov hozirda Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Nursulton Nazarboyev markazi rahbari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyat bosh imom-xatibi viloyatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida so‘zlab berdilar.
Malaka oshirish o‘quvlarining birinchi bosqichi yakunlandi
Imom noiblar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida 2021 yil 18 fevral kuni boshlangan o‘quvlar 3 mart kuni nihoyasiga yetdi. Ikki hafta mobaynida tinglovchilarga islomshunoslik - islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi yo‘nalishida umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Soxta salafiylikning hanafiy mazhabiga zid da'volari
“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “سلف” so‘zidan olingan bo‘lib, “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar” ma'nolarini anglatadi. Qur'oni karimning Zuxruf surasida “salaf” so‘zi “avval yashab o‘tganlar”, “o‘tmish (kishilari)” ma'nolarida ishlatilgan.
Sog‘lom e'tiqod saboqlari: Iymon
بسم الله الرحمن الرحيم
Alloh taolo sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam orqali Islom dinini yubordi. Islom diniga ergashuvchilarga “mo‘min-musulmon” deyiladi. Musulmon bo‘lish uchun Alloh taologa, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdiriga, o‘lgandan so‘ng tirilishiga iymon keltirishi kerak.
Imom noiblar ilmiy markaz va hadis maktabida bo‘ldi
Xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlangan edi.
O‘quv jarayonlarida umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bugun amaliy mashg‘ulot sifatida tinglovchilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Hadis maktablarida bo‘lib, bu ikki ilm maskanining faoliyati, talabalar va ilmiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
IMOM NOIBLARINING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARI OSHIRILMOQDA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 18 fevraldan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib borayotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlaridagi imom noiblari uchun “Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash asoslari” malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha 72 soatlik o‘quvlar boshlandi.
AXLOQSIZLIK, KASALLIK VA OFATLARDAN SAQLANISH. RUHIY VA NAFSIY TASKIN TOPISH. SOLIH ZURRIYOT QOLDIRISH.
Nasabni saqlash
Alloh taolo marhamat qiladi:
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ أَزۡوَٰجٗا وَجَعَلَ لَكُم مِّنۡ أَزۡوَٰجِكُم بَنِينَ وَحَفَدَةٗ
«Alloh sizlar uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o‘g‘illar va nabiralar paydo qildi ...» (Nahl,72).




















