Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan shahar va tuman bosh otinoyilari uchun Urgut tumanida yig‘ilish tashkil etildi
Joriy yilning 24 mart kuni shahar va tumanlar bosh imom- xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilarining sayyor yig‘ilishi Urgut tumanida tashkil etildi. Dastlab otinoyilarimiz tumandagi qadamjolarni, xususan G‘ovsili A'zam, Abdulqodir G‘iloniy va Chor-chinor ziyoratgohlarida bo‘ldilar. Shundan so‘ng, Mergancha qishlog‘ida o‘z faoliyatini boshlagan "Urgut” markaziy jome masjidida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi N.Temirova otinoyilar oldida turgan vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilish so‘ngida tuman bosh imomi Sh.Xaqberdiyev barcha tuman otinoyilariga muqaddas Kur'on kitobini va barcha tadbir ishtirokchilariga “Ona duosi meni asraydi” nomli kitobni taqdim etdilar.
Shundan so‘ng dunyomiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, va farzandlar kamolini tilab xayrli duolar qildilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 25/03/2021 21:03; Ko‘rilganligi: 1048
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 04:30