Nurobod tumanida “Jom ota” jome masjidi foydalanishga topshirildi
Tumanning Jom mahallasida bunyod etilgan “Jom ota” jome masjidining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Jome masjidining umumiy yer maydoni 0,25 gektarni tashkil etib, masjid mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Masjidning o‘rtasida 32 metr balandlikda gumbaz qilingan.
Masjid hududida zamonaviy tahoratxona, imom-xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma'muriy bino ham mavjud.
Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, tuman hokimi Faxriddin Zoirov ishtirok etdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 31/03/2021 08:28; Ko‘rilganligi: 1434
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:55