O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumanida masjid ochilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Kattaqo‘rg‘on tumanida “Tavoron” jome masjidi ta'mirlanib yana foydalanishga topshirildi.
Ushbu masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yooqubjon domla Mansurov ham ishtirok etdilar.
Mo‘min odam Allohning uylarini obod qilishga, unga infoq qilib, moddiy obodligini ziyoda qilishga, unda namoz o‘qib, ma'naviy obodligini ziyoda qilishga urinar va qalbi doim masjidlarga bog‘liq bo‘lar ekan, ikki dunyoning baxtu saodatiga, xayru barakasiga erishadi.
Alloh taolo ushbu masjidni xalqimizga muborak qilsin, yana shu kabi ko‘plab jomelar qurilishini nasib aylasin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/03/2021 08:00;   Ko‘rilganligi: 1300
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumanida-masjid-ochilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing