O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

 
 

 Joriy yilning 25 mart kuni O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar darsini boshlab, “Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda otinoyilarning o‘rni” mavzusida  suhbatlashdi.

Shundan so‘ng, O‘MI Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda  “Diniy va milliy marosimlarni to‘g‘ri tashkil etishda hamda yoshlar tarbiyasida va ularni ilimga, kasbhunarga targ‘ib qilishda otinoyilarning o‘rni”  mavzusida 2 darsni Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘tkir domla Umirqulov olib bordi.

Otinoyilarimiz  o‘quv-seminarining 3 darsini “Ayol-yot g‘oyalar qo‘lidagi targ‘ibot quroli emas va to‘qima hadis va asossiz rivoyatlar keltirishning xatari”  mavzusida Jomboy tumani bosh imom-xatibi Anvar domla Ahmedov suhbatlashdi.

O‘quv-seminarda yurtimizdagi tinchlik xotirjamlikni qadriga yetish, hozirgi kunda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni keng xalq ommasiga yetkazish hamda otinoyilarning oldida turgan dolzarb vazifalar, e'tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlarga alohida urg‘u berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/03/2021 16:49;   Ko‘rilganligi: 935
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilar-uchun-oquv-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 18:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing