BIR HADIS SHARHI HAQIDA
عن تميم الدارى رضيالله عنه، عن النبي صلي الله عليه وسلم قال: "الدين النصيحة"، قلنا: لمن، قال: "لله، ولكتابه، ولرسوله، ولاءمة المسلمين وعامتهم". رواه الخمسة.
Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
" Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Din nasihatdir," dedilar.
"Kim uchun?" dedik.
ULAMOLARNI NIFOQDA KUFRDA AYBLASH FITNADIR!!!
Azaldan ilmu-amalda dong taratgan, islomga qilayotgan xizmat va da'vatlari bilan tanilgan musulmonlarning ulug‘ ulamolarini yahudiylikka va yahudiylarga xizmat qilishga, josuslikka mansub qilish, bu bilan ularni ayblash, obro‘sizlantirish bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan katta fitnadir!
Jumladan, Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhini yahudiyga uylangan, bolalarini ham yahudiyga uylantirgan, degan gap o‘z vaqtida tarqatilgan. Xatib Bag‘dodiy esa kimsan, muhaddis Ibn Abu Shaybaning: “Men Abu Hanifani yahudiy deb o‘ylayman!”, degan gapini o‘z kitobida keltirgan.
KO‘ZIMGA KO‘RINMAY TURISHGA QODIRMISAN?
Badr jangi tom ma'noda Hamza ibn Abdilmuttolib roziyollohu anhuniki bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Allohning sheri o‘sha kunda ro‘baro‘sidan chiqqan otliq va piyoda mushrikni qatl qildi. Axir qanday qatl qilmasin. Uning laqabi johiliyatda “sherlar ovchisi” ediku! Rasululloh sallollohu alayhi va sallam islomda uni “Allohning sheri” deb atagan edilar.
Hamza roziyollohu anhu qurayshning jon tomiriga urgani, quraysh Badrdagi mag‘lubiyatining asosiy sababchisi Hamza rohiyollohu anhu ekanligini bilgani uchun qasos olish payiga tushdi. Vahshiy ibn Harb nayzani yaxshi uloqtirar edi. U bu ishning ustasi edi. unga agar Hamzani qatl qilsa ozod qilinishini aytishdi. Shunday ham bo‘ldi. Islomning eng buyuk qo‘mondonlaridan biri qatl qilindi. Vahshiy esa ozod bo‘ldi.
O‘ZGANI HAQQIDAN QO‘RQAYLIK
Aziz do‘stim, bilingki, Allohning huzuridagi narsaga faqat Uning toati bilan erishiladi, siz Alloh huzuridagi narsaga Uning ma'siyati bilan ham yetishsa bo‘ladi degan xato fikrga borib qolmang va haloldan topib, halol yeyishga qattiq urining. Zero, umr qisqa, siz kutayotgan eng yaqin g‘oyib mehmon o‘limdir. Jasaddagi haromdan ungan har bir et do‘zaxga loyiqroqdir.
SHUKR - ILOHIY AHLOQDAN BIRIDIR
Yaqinda qarindoshimiznikiga mehmonga borgani yo‘lga chiqib yo‘l mashinasiga mindim. Mashina orqa o‘rindig‘ida 3 ta erkak kishi bor edi. Yo‘lda ketayotib o‘zaro suhbatlashib borardi. Ulardan biri derdi: " qish qiyin o‘tayapti, gaz yuq, svet ko‘p o‘chayapti",deya ozroq bir birlariga nolish qildi. O‘zimcha ha-a, gaz bizda ham yo‘q deb pichirlab quydim.Manzilimga kelib xaydovchiga rahmatimni aytib mashinadan tushib ketdim.
“JO‘SH OTA” JOME MASJIDI TARIXI
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani Jo‘sh ota qishlog‘ida shu qishloqning ko‘rki va fayzi bo‘lib turgan “Jo‘sh ota” jome masjidi bor. Masjidni qachon qurilganligi ma'lum emas, ammo kim tomonidan qurilganligini masjid ichidagi minbar tepaligida devorga yopishtirilgan marmar toshda yozilgan. Toshdagi bitik forscha-arabcha bo‘lib, quyidagilarni o‘qish mumkin:
MENING O‘RNIMDAN JAVOB QIL!
Bir kuni Umar ibn Xattob roziyollohu anhu masjidda Hasson ibn Sobit roziyollohu anhuning she'r o‘qiyotganini eshitib qoldilar. Umar roziyollohu anhu Hasson roziyollohu anhuga tanbih berdilar. Aslida Umar roziyollohu anhu she'rni harom demoqchi yoki shoirlarning qadrini yerga urmoqchi emas edilar. Chunki u zotning o‘zlari: “Tilingiz(qoidalari)ni Robbingizning kitobidan va qadimiy she'rlaringizdan olinglar!”, degan edilar. Hasson roziyollohu anhuni qaytarganlariga sabab faqatgina masjidning e'zozi uchun edi. Umar roziyollohu anhu masjidda faqat qur'on va hadis zikr qilinadi deb e'tiqod qilar edilar. Shunda Hasson roziyollohu anhu:
-Ey mo‘minlar amiri! Men masjidda sizdan afzalroq inson bo‘lganida ham she'r o‘qiganman!-dedi.
So‘ngra Abu Hurayra roziyollohu anhuga qarab:
DUNYONING YARATILISHI
Dunyo yaratilayotgan vaqtda osmon tutundan iborat bo‘lganligi Quroni karimning “Fussilat” surasidagi 9-11 oyatlaridan bilinadi. Hozirgi ulamolar dunyoning yaratilishi haqida turli fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, astronom olim ser Jeyms Jins shunday deydi: “Borliq yaratilishidan avval undagi moddalar gazdan iborat bo‘lgan va shu gazlarning o‘zaro birikishi natijasida sayyoralar kelib chiqqan”.
TAVASSUL MASALASI HAQIDA
Soxta salafiylarning tanoquzotlaridan:
"Ularning nazdida tavassul katta shirk va Allohdan boshqaga ibodat qilish hisoblanadi. Ular shu gaplari bilan tavassulga yangi taqsimlashni ixtiro qiladilar va bu ularning nazdida ikki qismdir.
1- Tiriklar va solih amallar bilan tavassul qilish joiz.
2- O‘liklar bilan tavassul qilish shirk."
Oz uxlash solih zotlarning odatidandir
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ommatan musulmonlarga, xususan tolibi ilmlarga vaqtlarini ko‘p uxlash bilan zoye qilib yubormasliklari lozim bo‘ladi. Bunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarga iqtido qilishlik bor. Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad alayhissalotu vassalom), albatta Parvardigoringiz siz va siz bilan birga bo‘lgan kishilardan iborat toifa (ya'ni, sahobalaringiz goho) kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, (goho) uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo‘lib, namozda) turishlaringizni bilur» (Muzzamil surasi, 20-oyat).




















