O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BIR HADIS SHARHI HAQIDA

 
 

عن تميم الدارى رضيالله عنه، عن النبي صلي الله عليه وسلم قال: "الدين النصيحة"، قلنا: لمن، قال: "لله، ولكتابه، ولرسوله، ولاءمة المسلمين وعامتهم". رواه الخمسة.

Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
" Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Din nasihatdir," dedilar.
"Kim uchun?" dedik.

"Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun va musulmonlarning imomlari hamda ommalari uchun", dedilar.
Sharh: Nasihat-jamlovchi so‘z bo‘lib, nasihat qilunuvchiga yaxshilikni iroda qilishdir.
Hadisi sharifda nasihat besh narsada ekanligi bayon qilinmoqda.
1.Alloh uchun. Alloh uchun nasihat qilish-Allohga iymon keltirish, Unga shukr qilish. Alloh taoloni barcha nuqsonlardan poklash. Alloh taologa toatda bardavom bo‘lish, ma'siyatni tark qilish.
2. U Zotning Kitobi uchun nasihat qilish. Allohning kitobi Qur'oni Karimni o‘rganish, unga amal qilish va odamlarni ham shunga undab nasihat qilish.
3. U Zotning Rasuli uchun nasihat qilish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklarini tasdiqlash. Payg‘ambar alayhissalom keltirgan barcha narsaga iymon keltirish. Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlariga amal qilish. Payg‘ambar alayhissalomning xulqlari bilan xulqlanish va odamlarni ham shunga undab nasihat qilish.
4. Musulmonlarning imomlari uchun nasihat qilish. Ya'ni musulmonlarning imomlariga haq ishlarda yordam berish. Ularga itoat qilish. Musulmonlarning imomlari ortidan namoz o‘qish. Musulmonlarning imomlari haqlariga duo qilish va odamlarni ham shunga undab nasihat qilish.
5. Musulmonlar ommasi uchun. Bu barcha musulmonlarga ikki dunyo saodatini ravo ko‘rish, ya'ni Islom yo‘lini ko‘rsatib, xolis nasihat qilish bilan bo‘ladi. O‘ziga ravo ko‘rgan narsani barcha musulmonlarga ham ravo ko‘rish. Musulmonlar uchun mehribon bo‘lish. Musulmonlarning mahzunligi uchun mahzun bo‘lish, musulmonlarning xursandchili uchun xursand bo‘lish. Musulmonlar uchun doimo yaxshilikda yordamchi bo‘lish va odamlarni ham shunga undab nasihat qilish.

Nazarov Anvar
Kattaqo‘rg‘on shahar Muhammad Naqibbek jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/01/2022 08:47;   Ko‘rilganligi: 1066
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/bir-hadis-sharhi-haqida
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 00:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing