Erta turmush- keltirar tashvish
Inson ulg‘ayib ma'lum yoshga yetganda oila qurib yashashni istab qoladi. Oila qurish va uning tinchligini asrash inson uchun katta masuliyatdir. Xar bir oila mustaxkam poydevorga ega bo‘lishiga erishish, jamiyatda xar bir gudakning sog‘lom tug‘ilishi va yashab ketishi uchun to‘liq kafolatni taminlash kerak. Sog‘lom farzand sog‘lom onadan dunyoga keladi. Ming afsuskiy, kiyingi vaqtlarda qizlarni erta turmushga berish eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Buning sababi ota-onalar orzu havasga tezroq yetay, nevara ko‘rib qolay degan maqsadlarni rukach qilib to‘yga taraddu qilmoqda. Yigit va qiz turmushga tayyormi yo‘qmi bu bilan ishlari yuq.
Turmush qurayotgan qizlar erni oldidagi vazifalarini, qaynona va qaynota oldidagi vazifalarini, xo‘rmat, izzat va yana bir muncha burchlarini anglab turmushga tayyoor bo‘lishlari kerak. Yigitlarimiz oilasi va ota onasi oldidagi burchlarini to‘g‘ri anglab yetmog‘i lozim. Biz bunga katta etibor qaratishimiz lozim. Etiborsiz bosilgan bir qadam ham bir necha oilaning tashvishiga sabab bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xadislarining birida: "Erlariga mexribon, farzand ko‘ra oladigan ayollarga uylaninglar. Chunki men qiyomat kuni sizlarning ko‘pligingiz bilan boshqa ummatlarni oldida maqtanaman", dedilar.(Imom Ibn Xibbon rivoyati).
Naslimiz davomchilari, farzand nevaralarimizni sog‘lom tug‘ilishida yigit va qizlarimizning sog‘ salomat bo‘lishlari katta ahamiyatga ega. Erta turmushga chiqgan qizlarimizda kamquvvatlik, nogiron va bolasi nobud bo‘lishi bir necha baravar yuqoridir. Ular "Oila" deb atalmish qo‘rg‘onni qurish uchun puxta tayyoorgarlik kurish kerak.
Ayniqsa ayol, bo‘lajak onaligini, Oila bekasiligini, murabbiyaligini tushunib, buni mukammal o‘rganmog‘i kerak. Va yana qizlarimizning qo‘llarida mo‘jazgina xunari bo‘lsa nur ustiga alo nur bo‘lar edi.
Azizlarim qiz va yigitlarimizni turmush qurishidan oldin, ularning baxtli xayot kechirib ketishiga kafolatni ko‘ra olmog‘imiz lozim.
Z.Nurmatova - Urgut tumani bosh otinoyisi
Kiritilgan vaqti: 12/01/2022 08:56; Ko‘rilganligi: 1093
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 16:37