SHUKR - ILOHIY AHLOQDAN BIRIDIR
Yaqinda qarindoshimiznikiga mehmonga borgani yo‘lga chiqib yo‘l mashinasiga mindim. Mashina orqa o‘rindig‘ida 3 ta erkak kishi bor edi. Yo‘lda ketayotib o‘zaro suhbatlashib borardi. Ulardan biri derdi: " qish qiyin o‘tayapti, gaz yuq, svet ko‘p o‘chayapti",deya ozroq bir birlariga nolish qildi. O‘zimcha ha-a, gaz bizda ham yo‘q deb pichirlab quydim.Manzilimga kelib xaydovchiga rahmatimni aytib mashinadan tushib ketdim.
Qarindoshimnikida yaxshi va chiroyli suhbatlashib va nihoyat diydor oxiriga yetib xayirlashish uchun meniko‘chagacha kuzatdi. Kuzatayotib qo‘shnisini qizini Prezidentimiz tashabbuslari bilan "Mehr" opiratsiyasi orqali Suriyadan olib kelganligini aytib, mengako‘chada o‘ynab yurgan jajjigina qizchasini ko‘rsatdi. Qiziqqonligim tutib qizchani yoniga borib savol berdim,
- qizim bu yer senga yoqdimi?
Subhanalloh bu mittigina qizchaning javobidan titrab kedtim. Qizchaning javobi biz noshukr bandalarning miyasiga urilgan zarba bo‘ldi. Qizcha shirin tilchalari bilan: "O‘zbekiston yaxshi ekan, ayam menga shirin ovqat pishirib beryapti, o‘rtoqlarim bilan tinch va mazza qilib uyniyapman, bobom va buvim bor, kenoyim bor, menga kuylakcha tikib berdi", deb egnidagi mo‘jazgina ko‘ylakchasini ko‘rsatdi. Eh, voh, Allohim dedim behosdan, bu so‘zlarni men bilan yo‘lovchi bo‘lgan orqa o‘rindiqdagi erkaklar eshitganda edi, birgalashib tafakkur qilib, Allohning bizga in'om etgan ne'matlariga noshukrlik qilganimiz uchun istig‘for aytardik.
Alloh taola bizga buyurgan kitobi- Quroni karimda:
" Shukr qiluvchilarni esa, albatta mukofatlaymiz" ( Oli Imron,145)
"Bandalarim orasida ( Allohga) shukr qiluvchisi ozdir" (Sabab,13), deb marhamat qilgan.
Shukr ilohiy ne'matdir.
Uyimizda gaz yo‘qdir, ammo tinch va shinamgina uyimiz bor. Shu uyimizda Allohning eng oliy nemati bo‘lgan farzandlarimiz xavotirsiz, hech bir narsadan qurqmay, sog‘lom voyaga yetayapti. Osmoni musaffo vatanimiz bor, xohlaganimizni olib yeb-ichadigan, kiyadigan go‘zal bozorlarimiz bor, obod va tinch ko‘chalarimiz bor, mehribon qarindoshlarimiz, birodarlarimiz bor, bundan ortiq bizga nima kerak? Tinchgina namozimizni o‘qiymiz, hotirjam Quron tilovatlar qilamizku axir.
Shukr - itoat,ibodatdir. Shikoyat esa gunohdir, musulmon kishi uchun munosi bo‘lmagan ishdir.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bir kishidan so‘radilar: " Qanday tong otdirding?" U kishi“yaxshi”, dedi. U Zot sollallohu alayhi vasallam savolni takrorladilar: U kishi ayni javobni berdi. Savol uchinchi marta takrorlanganida, U kishi:"Yaxshi! Alhamdulillah, O‘ziga behisob shukr", - dedi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: " Mana, sendan tilagan javobim shu edi",- dedilar.
Shodmanova Dilnoza Narpay tumani otinoyisi
Kiritilgan vaqti: 08/01/2022 10:43; Ko‘rilganligi: 816
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:40