ISLOM TINCHLIK VA HAMJIHATLIK DINI (1-qism)
Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik dinidir. U insonlarni tinchlik va barqarorlikni ta'minlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safrlashga, turli fitna va o‘zaro adovatga barham berishga chaqiradi. Zero, tinchlikparvarlik islom dinining asosini tashkil etadi. Ammo bugungi kunda dinni niqob qilib, uning nomidan ish olib borishga intilayotgan ekstremistik va terrorchi oqimlarning chirkin faoliyati muqaddas islom dini va tinchliksevar musulmonlar haqida noto‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
Xo‘sh, buzg‘unchi oqimlarning jihod borasidagi qarashlari qay darajada asosli, jihodning mohiyati nimada?
IFTORLIK — SAVOBI ULUG‘ AMAL, AMMO DABDABABOZLIK EMAS
Muborak Ramazon oyi o‘zining shukuh va fayzi bilan davom etmoqda. Imon-e'tiqodli har bir yurtdoshimiz tilu dilida shukronalik bilan ushbu tabarruk oyning savobi samarasidan bahramand bo‘lishga bel bog‘lagan.
Bosh kiyim kiyish milliy va diniy qadriyatimizdir
Bosh kiyim har bir millatda, har bir elatda ziynat hisoblangan. Ilgarilari ko‘chaga bosh kiyimsiz chiqilmagan, to‘yga borilsa albatta bosh kiyim kiyilgan.
Samarqanddagi 285 ta masjidda tarovih namozi o‘qiladi
Bismillahir rohmanir rohim!
Oylarning sultoni bo‘lgan muborak Ramazoni sharif boshlanmoqda.
Shu munosabat bilan kecha davlatimiz rahbarining ushbu qutlug‘ oyni yurtimizda munosib o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklarga Ramazon oyini milliy an'ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.
Vasila qilish borasida
Vasila so‘zi lug‘atda “bir narsa bilan biror kishiga yoki narsaga yaqin bo‘lish” ma'nosini anglatadi.
Istilohda esa “duo ijobat bo‘lishi uchun Alloh taologa Uning huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilish, vasila deb ataladi”.
Vasila qilish borasida ulamolar keng ixtiloflar qilishgan. Xulosa o‘rnida, vasila masalasini Ulamolar ittifoq qilgan ko‘rinishini keltirib o‘tamiz:
Besh ming qo‘ydan afzal
Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:
Moturidiya madrasasining aqiyda borasida ilmiy manhaji
• Birinchi bosqich:
1. «Aqiydatut Tahoviyya» matni;
2. «Aqoidun Nasafiyya» matni;
3. «Bad'ul amoliy» matni.
Ixtilof va xilof o‘rtasidagi farq
Hozirgi vaqtda “Ixtilof” so‘zini juda ko‘pchilik salbiy ma'noda tushunib qolgan. Lekin aslida bu so‘zni salbiy ma'noda tushunishga o‘rin yo‘q. “Ixtilof” va “Xilof” so‘zlari qanday ma'nolarni bildirishini quyida bayon qilib beramiz.
Bu ikki so‘z arab tilidagi kalimalardir. Ixtilof so‘zining lug‘aviy ma'nosi “har-xillik”, “turli-tumanlik” degani, xilof so‘zining lug‘aviy ma'nosi esa “ziddiyat”, “qarama-qarshilik” deganidir.
Alloh taolo insonga ota-onasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni va doim ularga yaxshilik qilishni buyurdi
Darqaqiqat, Alloh taolo insonga ota-onasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni va doim ularga yaxshilik qilishni buyurdi.
Qur'oni karimda bunday marhamat qilinadi:
«Rabbingiz Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga etsa, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: “Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!» (Isro, 23–24)
MUBORAK DINIMIZDAGI YOYOLLARNING ODOB AXLOQI MASALASI
Alloh taologa U zotning ulug‘ligiga munosib hamdu sanolar bo‘lsin. Nabiylarning afzali Muhammad mustafoga mukammal va tugal salovatu salomlar bo‘lsin.
Qur'oni karimning 35 ta sura va 100 dan ortiq oyatida ayol so‘zining ishlatilishi va suralardan biri, aynan “Niso” ya'ni “Ayollar” deb nomlanishi va unda ayolning mavqei, uning hayotdagi o‘rni, haq-huquqlari batafsil bayon etilishi ayollarga bo‘lgan e'tiborning yorqin misolidir.




















