Inson o‘z harakati bilan dunyoni obod qilishi yoki uni vayron qilishi mumkin.
Hayot turli-tuman hodisalarga boy. Inson ushbu hodislarning ishtirokchidir. Inson o‘z harakati bilan dunyoni obod qilishi yoki uni vayron qilishi mumkin. Jamiyatga foydasi teguvchi odamlar hamisha hurmatga loyiq bo‘lib, boshqalarga ibratdir. Biroq illatli odamlar ham borki, ular har bir davrda jamiyatga zarar keltirgan va qoralangan.
Biz “illatli kishi” deganda o‘g‘ri, kazzob, muttaham, yulg‘ich, poraxo‘r kabi insoniyatga kulfat keltiruvchi kishilarni tushunamiz. Ana shunday kishilar sirasiga ikkiyuzlamachi ham kiradi.
Har-xil fitna-fasodlarni qo‘zg‘atib, insonlarni tashvishga solish o‘rniga, tinchlik-xotirjamlikka shukr qilib, tinchlikni asra-avaylab, tichlik parvar g‘oyalarni targ‘ib etish lozimdir.
Hozirda turli firqalar chiqib, Qur'oni karimdagi “Jihod” so‘zini o‘zlari ilgari surayotgan g‘oyaga erishish maqsadida noto‘g‘ri talqin qilishmoqda. Ular to‘liq ilmiy saviyaga ega bo‘lmagan yoshlarning soddadilligadan foydalanib “Jihod-muqaddas urush”, degan tushunchani targ‘ib qilib, nohaq qon to‘kilishlarga sababchi bo‘lmoqda. Turli mamlakatlarda “Jihod” niqobi ostida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilmoqda. Jihod so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda g‘ayrat qilmoq, harakat qilmoq, intilmoq, zo‘r bo‘lmoq, bor kuchini sarflamoq, kurashmoq, mehnat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi.
IXTILOF, TORTISHISH VA TAFRIQA DINIMIZDA MAN QILINGANDIR
Alloh taola Qur'oni karimning Anfol surasining 46 oyatida shunday marhamat qiladi:
Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir.
Musulmonlarning Allohga va Uning Rasuliga itoatlari qancha ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatlari ham shunchalik ko‘p bo‘laveradi. Shuning uchun ham, Kur'oni Karimda bu amr qayta-qayta takrorlanadi.
Alloh taolo Abu Hanifani odamlarga imom qildi...
Alloh taolo Abu Hanifa rohimahullohning ijtihodlarini qabul qildi va u zotni odamlarga imom qildi. Tojuddin Subkiy rohimahulloh: “Kim ummatga to‘g‘ri manhaj bilan imom bo‘ladigan bo‘lsa, u ko‘prikdan oshib o‘tganlardandir”, deb aytganlar.
JUM'A FARZIDAN OLDIN TO‘RT RAK'AT NAMOZ O‘QISH SUNNATDIR!
Afsuski, bizning davrimizga kelib ayrim kishilar yangi bir fitnani qo‘zg‘ata boshladilar. U ham bo‘lsa, jum'a namozining farzidan oldin to‘rt rak'at sunnat namozini o‘qishni shariatda yo‘q, deb shariatda yo‘q gapni aytdilar. Aslini olganda, ming yillardan beri, aytish mumkinki, Payg‘ambarimiz alayhissalom, sahoba va tobe'inlar davridan beri, hatto bizning ota-bobolarimiz musulmon bo‘lgandan beri jum'a namozining farzidan oldin to‘rt rak'at sunnat namozini bor deb, o‘qib kelishmoqda.
Soxta salafiylar jamiyatni ikkiga: “musulmon” va “dinsizlar”ga ajratadi.
Bugungi globallashuv jarayonida Islom ummatlari o‘rtasida turli tafriqalar kelib chiqmoqda. Bilib-bilmay xar xil firqalarning ta'sir doirasiga tushib qolgan ba'zi yoshlarning bunday xato yo‘lga kirib qolayotgani kuzatilmoqda. Keyingi paytlarda Islom mafkurasi va tarixiga zid g‘oyalari bilan qayta namoyon bo‘layotgan “soxta salafiylik” oqimi o‘zlarining aqidaviy va huquqiy masalalarini ko‘pincha suriyalik Ibn Taymiya (1263-1328) ta'limoti bilan asoslamoqchi bo‘lishadi. Ibn Taymiya asarlarida, islomga turli bid'atlar kirib qolgani aytilib, musulmonlar va ular yashayotgan jamiyatlarni, Qur'on va sunnat ta'limotiga asoslangan yo‘lga solish zarur, degan g‘oyalar ilgari suriladi.
Soxta salafiylar jamiyatni ikkiga: “musulmon” va “dinsizlar”ga ajratadi. Bu bilan boshqa dindagilarni dushman sanab, dinlararo adovat uyg‘otishga urinadi. Ular nafaqat boshqa din vakillariga, balki shariat hukmlarini ular o‘ylagandek to‘liq bajarmayotgan musulmonlarni ham shunday atashadi.
Aqida nima?
Bu ilmning maqsadi diniy aqidalarni qat'iy dalillar ila isbotlash va undagi shubhalarni rad qilishdir. E'tiqod qilishi lozim bo‘lgan ishlarda musulmonni taqlidchi bo‘lishdan dalil keltirish va ishonchli bo‘lish cho‘qqisiga ko‘tarishdir. Eng asosiy maqsadi, to‘g‘ri aqida bilan ikki dunyo saodatini hosil qilishdir.
«Aqiyda» so‘zi arabcha «aqada» fe'lidan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma'nosini anglatadi. Bu so‘zning jami (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi. Islom aqiydasi musulmon insonni ma'lum bir narsalar bilan mahkam bog‘lab turadigan e'tiqodlar majmuasidir
Qadr etgan qadr topadi
Xalqimiz uchun asrlar davomida ezgu an'ana va odatga aylanib qolgan muqaddas tuyg‘ulardan biri o‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini yod etish, haqlariga duoi xayr va ehsonlar qilishdir. Yaxshi kunlarimizda ham musibatzada holatimizda ham o‘tganlarimizni tilovat va duo bilan yod etamiz. Chunki bu o‘tganlarimiz uchun manfaatli amaldir.
Abu Usayddan rivoyat qilinadi:
Ne'matga e'tirof va shukr lozim
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy sohada ham ko‘plab islohotlar, o‘zgarish va yangiliklar amalga oshirilmoqda.
YOLG‘ON DUNYO BU DUNYO
Bir shayX o‘tirgan joyidan derazaga boqib, yonidagilarga:
− Sizga yolg‘on gapiraman, malika o‘tib ketyapti, – debdi.
Hamma o‘rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayh kulimsirab:
− Men sizlarga yolg‘on aytaman desam ham, o‘rnilaringizdan turib qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg‘onchidir, ko‘ra-bila nog‘orasiga o‘ynayveramiz!




















