Долзарб мавзу

Qur'oni karimning yetti qiroati haqida

Payg‘ambar (a.s.) davrlarida sahobai kiromlar uchun Qur'oni Karimni o‘zlashtirib olish qiyin emasdi. Ular hammalari yuqori darajadagi olim kishilar edilar. Keyin esa arabmas musulmonlar arablardan ko‘payib ketdi. Ushbu va yana boshqa bir necha omillar Qur'oni Karim qiroati bo‘yicha alohida ilm va imomlar paydo bo‘lishiga olib keldi.

Bir vaqtlar qiroatlar va qorilar ancha ko‘payib ketdi. Asta sekin ularni tartibga solish boshlandi. Nihoyat yetti qiroatga ittifoq qilindi. Bu qiroatlarning bir-biridan farqi ba'zi bir so‘zlarni talaffuzida va shunga o‘xshash kichik narsalarda edi, xolos. Ular xuddi bir qancha fiqhiy mazhablardan to‘rttasi tanlab olinganga o‘xshaydi.

 

Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifalik davrlarida Qur'oni Karimning jamlanishi.

  Rasululloh sallollohu alayhi vasallam davrlarida Qur'oni karim xurmo po‘stloqlariga, teri bo‘laklariga, qog‘oz parchalariga yozilgan holda edi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin ko‘pgina arab qabilalari murtad bo‘lib dindan chiqib ketdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ular bilan murosasiz janglar olib bordilar. Musulmonlar va Bani Hanifa qabilasi o‘rtasida bo‘lgan janglarda musulmonlar g‘alaba qozondi. Mazkur urushda musulmonlardan 1 200 kishi shahid bo‘ldi. Shulardan 500 kishi Hofizul Qur'on bo‘lgan qorilar edi. Shu urushdan keyin Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifa Xazrati Abu Bakr siddiq roziyallohu anhuga Qur'oni karimni jamlab yagona kitob shakliga keltirishni taklif qildi.

 

BOG‘U BO‘STONGA AYLANYOYOTGAN YURT

Islom dini doimo tabiatni asrabavaylashga, nabotot va hayvonot olamini himoya qilishga, Alloh ato etgan har bir ne'matdan oqilona foydalanishga buyurib kelgan. Chunki nafas olib turgan tirik jon borki, unga aziyat yetkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Qur'oni karimda bunday marhamat qilingan: “Yerni yaroqli qilib qo‘ygandan keyin unda buzg‘unchilik qilmangiz!” (A'rof surasi, 56-oyat).

 

Yer yuzidagi barcha nabotot va jonivorlar suv bilan tirikdirlar. Qalb va ruhlar esa islomiy ilm bilan tirikdir.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan ko‘p yomg‘irga o‘xshaydi. Yerning ba'zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko‘plab o‘t-o‘lanlarni o‘stiribdi. Uning ba'zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, bu bilan Alloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug‘oribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba'zi joylari silliq, suv tutmas, ekin ham o‘stirmas ekan. Bas, Allohning diynida faqih bo‘lgan, Alloh men ila yuborgan narsa manfaat bergan, o‘zi o‘rgangan va (o‘zgalarga) o‘rgatgan kishining, o‘sha narsaga e'tibor bermagan kishining hamda Allohning men ila yuborilgan hidoyatini qabul qilmagan kishining misoli ana shundaydir», dedilar».Ikki Shayx rivoyat rivoyat qilganlar.

 

Halol kasb qilish farzdan keyingi farzdir

Rizq uchun harakat, halol mehnat va kasbu kor qilish hayotiy zaruratlardandir. Islom dunyoviy va oxirat maqsadlarni umumlashtirgan bag‘rikeng din hisoblanadi. Insonning bu dunyoda tinch va farovon hayot kechirishi, o‘zining va ahli oilasining rizqi uchun say' harakatda bo‘lishi hamda oxirat hayoti uchun zamin hozirlashi va ibodatda ijtihod qilishini jamlagan dindir. Shunday ekan Alloh taolo bandalarining o‘z hayot turmushlarini yo‘lga qo‘yishi va tirikchiligi uchun manbalarni tayyorlab qo‘yganiga guvoh bo‘lamiz. 

 

Qur'oni Karimdagi rahmatdan bahramand bo‘lish uchun kishida iymon bo‘lishi kerak

«Mo‘jiza» so‘zi lug‘atda «ojiz qoldiruvchi» degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, mo‘jiza narsani boshqalar qilishdan ojiz qoladilar. Istilohda esa Allohning izni ila payg‘ambarlarga ularning payg‘ambarligini tasdiqlash uchun berilgan odatdan tashqari, boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ish mo‘jizadir.

 

Shirkdan tashqari har qanday gunoh qilgan inson «kofir» hisoblanmaydi

Alloh yagona va Muhammad sollallohu alayhi va sallam Uning elchisi ekaniga iymon keltirgan xar qanday kishi mo‘min xisoblanadi.

Moturidiy ta'limotiga ko‘ra, iymonning sharti tavhidni til bilan iqror qilib, qalb bilan tasdiqlashdir xolos. Insonning iymonini o‘lchash, uni musulmon yoki kofirligini aniqlash hukmi xech kimga berilmagan. Chunki iymon inson qalbida bo‘ladi. Qalb esa faqat Alloxning xukmidadir. Shunga ko‘ra bir insonni qalbi borasida Allox taoloning o‘zi xukm chikaradi.

 

Musulmon kishini aniq hujjat bo‘lmasdan turib, “kofir” deb hukm qilish o‘ta xatarli

“Takfir” tushunchasi  “birovni kofirga chiqarish”, “kofir deb hisoblash” ma'nolarini anglatadi. Shariatimizda musulmon kishini aniq hujjat bo‘lmasdan turib, “kofir” deb hukm qilish o‘ta xatarli bo‘lib, bu ishdan qaytarilgandir! Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan:

Sizga salom bergan kimsaga, mo‘min emassan, demanglar”
(Niso surasi 94-oyat).

 

Buyuk imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhining ta'vili

Imomimiz, peshvomiz, faqihlar imomi va imomlar faqihi janobimiz Abu Hanifa No‘mon — Alloh taolo u zotdan rozi bo‘lsin! Darajalarini oliy martabalarga ko‘tarsin! Mursalinlar sayyidi sollallohu alayhi vasallamning bayroqlari ostida birgalikda jamlasin! — «Fiqhul akbar» asarlarida aytadilar:

 

Ulamolarning fikriga ko‘ra, o‘zini islomga nisbat beradigan aksar terror tashkilotlarining onasi - salafiylik, ya'ni mazhabsizlik hisoblanadi

Haqiqatda azizlar mazhabsizlikni ofat ekanligini ko‘p jabhalarda, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.

Masalan, mazhablarda Qur'on, Sunnat, Ijmo' va Qiyoslardan dalil o‘laroq foydalanish qoidalari ishlab chiqilgan. Har mazhabning bu to‘g‘rida o‘z usul va prinsiplari bor. Ulardan masalalar istinbot qilishda ana shu usul va qoidalardan tashqariga chiqilmagan. Binobarin bu holat mazhablarda muayyan tizimni yuzaga keltirgan. Masalalar tizimli ravishda hal bo‘lgan. Qolaversa, bu usullardan foydalanib muhim islomiy bilimlarning haqiqiy egalari ijtihod qilishgan, masalalarga javob topishgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing