Nasib bo‘lsa kelar Hindu Yamandan
Ko‘hna Samarqand shahridan uzoq safarga chiqqan savdogar tuyalarning birida egar jabduq yo‘qligini sezib, birinchi uchragan hunarmadchilik do‘koniga kirdi. Do‘kon egasi namoz o‘qish uchun masjidga chiqib ketgan, o‘rniga shogirdini qoldirgan edi.
HUSHYORLIK TINCHLIK DEMAKDIR!!!
Xisobsiz ne'matlar ichra bir ne'mat borki, bu ne'mat barchaga birdek zarur. Bu ne'mat “Tinchlik” ekanini barchamiz bilamiz. Chunki, har qaysi jamiyat rivoji, taraqqiyoti, istiqboli, xalqining farovon turmush tarzi uchun birinchi navbatda tinchlik kerak. Allohning bizga bergan bu ne'mat qadrini, boror bir miqdor yoki biror bir o‘lchov bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Tinchlik Alloxning eng ulkan eng aziz va bebaxo ne'mati. Uni asrash qadriga yetish va bu ne'matga shukr qilish hammamiz uchun birdek shart. Payg‘ambarimiz s.a.v. xadisi shariflarida “Ikki ne'mat borki, insonlarning ko‘plari undan g‘aflatdadirlar. Bular tinchlik va salomatlikdir” deganlar.
ABU HANIFA TOBE'INMI?
Saqlanish kerak bo‘lgan odatlaridan biri: O‘zining fikriga muvofiq kelgan gapni garchi ixtilofli gap ekanini bilsa ham, «unga ijmo qilingan», deb aytishi Ibn Taymiya va uning (ba'zi) shogirdlarining odatidan edi. Insonlar podshohlarining dinidadir! Bunga o‘xshagan misollar uning yozgan asarlarida ko‘p uchraydi. Ulardan birini zikr qilish bilan kifoyalanamiz. «Abjadul ulum» risolasida Imom Abu Hanifaning tarjimai holida shunday keltiradi: «U sahobalardan birortasini ahli hadisining ittifoqi bilan ko‘rmagan».
FAR'IY MASALALARDAGI XILOF
Far'iy masalalarda xilofning bor ekani haqdir. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining davrida ham va u zotlardan keyin kelgan, salafi solihlar, deb tanilgan zotlarning davrida ham bu narsa sodir bo‘lgan. Biroq, ushbu xilof ularni nizolashishiga, xusumatlashishiga, janjallashishiga yoki ittihom, zalolat va kufr bilan ayblashiga olib bormagan. Bu ishda hech shak-shubha yo‘qdir. Far'iy masalalardagi xilof «zonniy dalillar» yoki «bir-biriga teskari dalillar» yoki u ikkisidan boshqa dalillar ustiga qoim topadi. Bularning barchasi bir qoida asosiga ko‘ra bo‘ladi: «Bizning so‘zimiz to‘g‘ri, xato ehtimoli bo‘lishi mumkin. Boshqalarning so‘zi to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor».
Kasal va nogironlar holidan xabar olish ham sunnatdir
Hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi va sallam biz ummatlarga har jabhada o‘rnak, ustoz va murabbiydirlar. Ul Zotni qilgan ishlarida ajib bir hikmat bor. Bu hikmat ortida ummat uchun yaxshilik turadi. Anashu yaxshilik insonga bu dunyoda foyda bo‘lishi yoki oxiratda buyuk darajaga ko‘tarishi mumkin.
Mazhabsizlik dindan chiqishga olib boradigan ko‘prikdir!!!
Mazhabsizlikni yoyilishi Islom diniga xususan musulmonlar birligiga ulkan tahdid tug‘diradigan omil ekaniga shubha yo‘q. Mazhabsizlar o‘zlarini biror-bir mazhabga amal qilmasliklarini da'vo qiladilaru, aslida namoz va boshqa ibodatlarda to‘rt mazhab imomlaridan biriga ergashadilar. Bundan boshqa ilojlari ham yo‘q. Negaki, ijtihod qilishga har kim ham qodir bo‘lolmaydi. Chunki bu ishni qilish uchun shar'iy dalillardan hukmlarni chiqarib olishga yetarli darajada ilmiy va aqliy quvvat lozim
HASHAVIY AVLODLARI
Kimda kim Alloh taolo haqida «O‘z zoti bilan Arshga qaror topdi», «O‘z zoti bilan Arshdan tushadi»,
Hanafiy mazhabida juma namozidan avvalgi va keyingi sunnat namozlarining bayoni.
Malumki,mo‘min-musulmonlar besh mahal farz namozlari bilan birga Sunnat namozlarini ham o‘qishadi. Sunnat namozlar muakkada va g‘ayri muakkadaga bo‘linadi, yani takidlangan va takidlanmagan sunnatlar. Muakkada sunnatlar hukm jihatdan Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam bardavom bajarganlari uchun vojibga yaqin maqomda turadi. Ularga beparvolik qilish mumkin emas.
Hanafiy mazhabimiz fiqhiy matnlarida yozilishiga ko‘ra, farz namozlari bilan o‘qiladigan takidlangan sunnatlar quyidagilardir:
Kofirlar borasida nozil bo‘lgan oyatni musulmonlarga nisbatan qo‘llash
Zamonimizda turli fikr va tushuncha sohiblari tomonidan dinni noto‘g‘ri anglash va ba'zi masalalarda g‘uluga ketish natijasida oyat va hadislarni musulmonlarga nisbatan noo‘rin qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Shulardan biri tavassul masalasidir. Tavassulni to‘g‘ri anglamasdan, asl mohiyatiga yetmasdan turib, bu amalni qilgan kishilarga Zumar surasining 3-oyatini qasddan qo‘llayotgan kishilar uchramoqda. Ularga yaqin o‘tmishda o‘tgan Ahli sunna va jamoaning yetuk ulamolaridan biri Muhammad Zakiy Ibrohim rohimahullohning quyidagi so‘zlarini keltirishni lozim deb topdik:
FIQH ABU HANIFANING FIQHIDIR!
Kitob va sunnatga eng yaqin mazhab Hanafiy mazhabidir. Aql va mantiqqa eng muvofiq keladigan mazhab Hanafiy mazhabidir. Shariat maqsadlariga eng yaqin mazhab Hanafiy mazhabidir. Bandalarga eng yengil mazhab Hanafiy mazhabidir. Dunyoda eng keng tarqalgan mazhab Hanafiy mazhabidir. Mahkamalar uchun eng sobit hukm Hanafiylar hukmidir.
“Sharhi ma'onil osor”ni o‘qigan va u hukm qilgani kabi hukm qilgan kishi bunga amin bo‘ladi. Bunga dalil bu mazhabning keng tarqalgani, kishilarga maqbul bo‘lganidir!




















