Долзарб мавзу

MUSHTIPAR ONA

Qish pallasi yaqin edi, daraxt barglari to‘kilib hamma yoqni to‘zitib mayin shamol esar edi. Ertalab dasturxon atrofida bolalar aylanib o‘tirib olishdi. Dasturxonda bir dona non bor, hech kim nonga qo‘l cho‘zmay qarab turishar  edi.

Zahro xola nonni olib bo‘laklab ularga uzatdi. Hilola qozonga bir oz un solib quymok, pishirib keldi. Bolalar xursand bo‘lib ovqatlanishdi...

 

MAYYIT HAM ESHITADI

Ikki shayx (Imom Buxoriy va Imom Muslim) Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Banda qabriga qo‘yilsa va do‘st-u yorlari ortlariga qaytishsa, ularning oyoq tovushlarini eshitadi. Ikki farishta keladi va uni o‘tqazib qo‘yishadi...».

 

Imomi A'zam Abu Hanifa roziyallohu anhuning ta'vili

Imomimiz, peshvomiz, faqihlar imomi va imomlar faqihi janobimiz Abu Hanifa No‘mon — Alloh taolo u zotdan rozi bo‘lsin! Darajalarini oliy martabalarga ko‘tarsin! Mursalinlar sayyidi sollallohu alayhi vasallamning bayroqlari ostida birgalikda jamlasin! — «Fiqhul akbar» asarlarida aytadilar:

 

IMOMI A'ZAM ZAKOVATI

Mazhabboshimiz Imomi A'zam Abu Hanifaning rahmatullohi alayh taqvolari, ibodatlari va ilmlari haqida juda ko‘p gapirilgan, yozilgan. Quyida e'tiboringizga Vasliy Samarqandiyning “Imomi A'zam hayoti haqida qimmatli so‘zlar” kitobidan olingan parchani havola qilamiz. Unda ulug‘ imom zakovatining yana bir qirrasini ochib beradigan qiziqarli ma'lumotlar beriladi.

 

Allohning nuridan boshqa nur yo‘qdir

Alloh taolo Sod surasida marhamat qiladi:

«Bas, uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib, yiqilinglar!»(72-oyat).

Ha, Alloh taolo loyga O‘z ruhidan puflab, uni oliy maqomga ko‘tardi. Aynan ana shu ruh uni boshqa jonzotlardan ajratdi, ularning hammasidan ustun qildi. Aynan o‘sha ruh Odamga farishtalar sajda qilishlari uchun sabab bo‘ldi.

Inson zotining yerdan chiqqan tanasiga oliy maqomdan ruh tushgandir. Buni barcha ulamolar, jumladan, mashhur faylasuf Abu Ali ibn Sino rahmatullohi alayh ham o‘zining ruh haqida bitgan mashhur she'rida ta'kidlagan:

Tushibdir u senga yuqori makondin,

Izzatli va man qiluvchi balanddin.

 

Allohning roziligi jannatdan afzaldir.

Allohning roziligi jannatdan afzaldir. Jannat ahlining Alloh taoloni ko‘rishi eng katta ne'mat ekani haqida Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli jannatga kirgach, Alloh taboraka va taolo: "Sizlarga yana bir narsani ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?" deb so‘raydi. Ular: "Yuzimizni yorug‘ qilmadingmi? Jannatga kirgizmadingmi? Bizga do‘zaxdan najot bermadingmi?" deyishadi. Shunda parda ochiladi, bas, ularga Parvardigorlari azza va jallani ko‘rishdan ham suyukliroq biror narsa berilmaydi". Boshqa rivoyatda: "So‘ng ushbu:"Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne'matlar bordir"(Yunus, 26), oyatini o‘qidilar", deyiladi. (Muslim rivoyati).

 

Payg‘ambarlar va avliyolar bilan tavassul qilish Alloh taologa kufr keltirishmi?

Bu nom — garchi o‘quvchi uchun g‘arib tuyilayotgan bo‘lsada — yer yuzida bugun bor bo‘lgan insonlardan ushbu so‘zning ma'nosini aytadiganlari va biror payg‘ambar yoki valiy bilan tavassul qilib, Robbisidan ehtiyojini o‘tashini so‘ragan kishi ustidan qonini va molini muboh qiluvchi kufr, deya hukmlarini joriy qiladiganlari bor.

 

AZIZ YOSHLAR! MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN  XUSHYOR BO‘LAYLIK

Bugun biz dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy va turliy ma'naviy, mafkuraviy tortishuvlari keskin tus olayotgan murakkab bir davrda yashamoqdamiz. Bu murakkab vaziyatda ham, ma'rifatli dunyo xalqlari, halqaro xamjamiyatlar bilan tinch totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz. Xozirgi kunda bir davlat ustiga qo‘shin tortib borish, bostirib kirish kabi katta taxdidlar oldida, arzimas ko‘rinadigan ma'naviy va mafkuraviy taxdidlar ham borki, bu mafkuraviy taxdidlarga e'tibor berilmasa, oldini olinmasa, o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.

 

OTANING HIMMATI

Imom A'zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o‘g‘lini o‘qishga olib kelgan ekan. 20 yil o‘tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o‘rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:
- O‘g‘lingizni olib ketavering. Olim chiqmadi undan. Endi uni borib ishlating. Pul topsin.
O‘g‘lidan juda katta narsani umid qilib yurgan otasi dunyoning o‘sha paytdagi eng katta mujtahidiga shunday degan ekan:
- Taqsir, hech bo‘lmasa sizchalik bo‘lmaydimi? Otaning himmatini ko‘rib, Imomi A'zam aytgan ekanlar:
- Sizning himmatingiz juda katta ekan. Endi tashlab ketavering. Inshaalloh o‘g‘lingiz olim bo‘ladi.

 

KELING, QOTILDAN O‘RGANAMIZ!

Hadisda kelishicha, bir kishi to‘qson to‘qqizta insonni o‘ldiradi. So‘ngra tavba qilishga qaror qiladi. Bir obidning oldiga borib dedi:
-Men to‘qson to‘qqizta insonni o‘ldirdim. Tavba qilsam bo‘ladimi?

Obid:

-Yo‘q, deb javob berdi.

U kishi uni ham o‘ldirdi va o‘ldirganlarining sonini yuzta qildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing